Tramp bojxona soligʻiga qarshi boʻlgan davlatlarni ogohlantirdi

1123
0

Tramp bojxona soligʻiga qarshi boʻlgan davlatlarni ogohlantirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning poʻlat va alyuminiy importiga kirgizgan yangi bojxona toʻlovlariga qarshilik koʻrsatishni rejalashtirayotgan baʼzi davlatlarni “Agar ular bunga qarshi chiqsalar katta xatoga yoʻl qoʻygan boʻlishadi”, deya ogohlantirdi.

Trampning taʼkidlashicha, boshqa mamlakatlar AQShga kirib kelayotgan import mahsulotlariga nisbatan soliq imtiyozlaridan oʻnlab yillar mobaynida foydalanib kelgan. Endi oʻsha mamlakatlar oʻz navbatida AQSh eksport qilgan tovarlarni oʻzlarining bozorlariga adolatli va teng huquqli tarzda kirib borishini taʼminlashlari lozim.

Shuningdek prezidert Tramp Amerika Qoʻshma Shtatlari va boshqa davlatlar oʻrtasidagi tashqi savdodagi tilga olingan “tengsizlik” Amerikaning sobiq rahbarlarining xatosi tufayli yuzaga kelganligini bildirdi. Unga koʻra, endi bunga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.

“Biz AQSh davlati sifatida oʻtgan yili savdoda 807 milliard dollar ziyon koʻrdik. Bu qabul qilish mumkin boʻlmagan holatdir. Aslida bunga ular emas, bizning rahbarlarimiz aybdor. Oʻz mamlakatlari uchun juda yaxshi, lekin AQSh uchun juda yomon boʻlgan bu savdo shartnomasiga imzo chektirishni uddalaganligi uchun boshqa mamlakatlar rahbarlarini tabriklayman. Ammo u kunlar endi ortda qoldi”, dedi AQSh prezidenti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.