Saudiya shahzodasi: Ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik butun dunyo uchun foydalidir

939
0

Saudiya shahzodasi: Ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik butun dunyo uchun foydalidir

2018 yilgi FIFA jahon chempionatida Saudiya Arabistoni va Rossiya oʻrtasidagi boʻlib oʻtadigan oʻyinni jonli tomosha qilish uchun Moskvaga tashrif buyurgan Saudiya Valiahdi Muhammad bin Salmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan siyosiy va iqtisodiy masalalar, jumladan global neft ishlab chiqarish masalasi ustida muzokara olib bordi. Bu haqida Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning yozma bayonotida maʼlum qilindi.

Muhammad bin Salmon muzokaralar oʻz fikrlarini bildirar ekan, ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik butun dunyoga foyda keltirishini taʼkidladi. Unga koʻra, Rossiya va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi hamkorlik natijasida koʻplab global tahdidlarga barham berilgan, ayniqsa neft bozorida tashlangan qadamlar juda muhimdir.

Muzokarada Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak va Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid Al Falih ham ishtirok etdi va uchrashuv kun boʻyi davom etdi. Jurnalistlarga intervьyu bergan Novak shahzoda Salmon bilan Putin oʻrtasida tarixiy qaror qabul qilinganligini bildirdi. Shuningdek Novak uzaytirilgan shartnomada muayyan neft ishlab chiqarish hajmi belgilanmaganligini ham qoʻshimcha qildi. Novakning taʼkidlashicha, Vladimir Putin va Shaxzoda Muhammad neft ishlab chiqarishni nazorat ostiga olish maqsadida “OPEK”ka aʼzo boʻlgan va boʻlmagan davlatlar bilan hamkorlik shartnomasini muddatsiz vaqtga uzaytirishga qaror qilgan.

Saudiya Valiahdi Moskvadan qaytgandan soʻng Rossiya prezidentiga minnatdorchilik maktubini yubordi.

“Sizning davlatingizdan mamnun holda qaytdim. Sizga minnatdorchilik bildiraman. Menga va men bilan birga kelgan delegatsiyaga koʻrsatilgan samimiy munosabat va mehmondoʻstlik uchun sizdan minnatdorman”, “Oʻtkazgan muzokaralarimiz ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz rahnamoligida ikki oʻrtoq xalqlar manfaatlariga xizmat qilishga ehtiyoj borligini taʼkidlaydi”, deyiladi maktubda.

Valiahd shahzoda Putinga salomatlik va baxt-saodat va rus xalqiga esa, taraqqiyot va farovonlik tilagan holda maktubiga yakun yasadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.