Oʻzbekiston va Tolibon harakati oʻrtasida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston va Tolibon harakati oʻrtasida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi

 Oʻzbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida Afgʻoniston hukumati va Tolibon harakati oʻrtasidagi muzokaralarga bagʻishlangan bayonot eʼlon qilindi.

 “Toshkent shahrida 2018 yil 27 mart kuni boʻlib oʻtgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiya davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Oʻzbekiston respublikasi ushbu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgan saʼy-harakatlarni davom ettirmoqda.

 Oʻzbekiston oʻtgan davr mobaynida Afgʻoniston hukumati, AQSh, XXR, Rossiya, Xalqaro muloqot guruhiga aʼzo mamlakatlar, Yevroosiyo mintaqasi, Janubiy Osiyo, Oʻrta va Yaqin Sharq davlatlari vakillari bilan bu borada qator maslahatlashuv uchrashuvlari va muzokaralar oʻtkazdi.

 Afgʻoniston boʻyicha forum doirasida bir ovozdan qabul qilingan, mintaqaviy va global miqyosda tinchlikka erishish, terrorizmga va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan birgalikdagi saʼy-harakatlarni nazarda tutuvchi Toshkent deklaratsiyasi ushbu yoʻnalishdagi ishlarni amalga oshirish uchun muhim siyosiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.

 Shu bilan birga, Toshkent konferentsiyasi ishtirokchilarining umumiy pozitsiyasini roʻyobga chiqarish maqsadida Oʻzbekiston tegishli aloqalar oʻrnatib, Tolibon harakatining yuqori martabali vakillari bilan amaliy uchrashuvlar oʻtkazdi. Uchrashuvlarda Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlik-barqarorlik oʻrnatish va mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan muloqot va oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

 Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Afgʻoniston hukumati va Tolibon harakatining ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan oʻzaro oʻt ochishni toʻxtatish tartibini joriy etganini olqishlaydi. Oʻzbekiston ushbu yarashuv Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻanining oʻt ochishni toʻxtatish tartibini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaroriga amal qilgan holda muddatsiz tus olishiga umid qiladi.

 Qaror topayotgan vaziyatni hisobga olgan holda, shuningdek, Oʻzbekiston respublikasining tashabbusiga asoslanib, Tashqi ishlar vazirligi tinchlik jarayonining barcha bosqichlarida Oʻzbekiston hududida Afgʻoniston hukumati va Tolibon harakati oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratishga har tomonlama tayyor ekanini tasdiqlaydi”,- deyiladi bayonotda.

Turkiston: 

Xalqaro siyosat  AQShning tashabbusi bilan yana Afgʻonistonda notinchlik keltirib chiqarish uchun harakat olib boryapti. AQSh Afgʻonistonda bunday qalbaki harbiy vahima paydo qilish harakatlari bilan oʻzining Markaziy Osiyodagi harbiy taʼsir quvvatini kuchaytirib olishni koʻzlamoqda.

Oxirgi vaqtlarda, Afgʻonistondagi bu sunʼiy vahimani Rossiya oʻz manfaatlariga muvofiq kuchaytira boshladi. Shunda AQSh siyosatchilari oʻz pozitsiyalarini oʻzgartirib, “Markaziy Osiyo uchun Afgʻonistondan keladigan hech qanday vahima yoʻq” deb bayonot berishdi.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashgan, shuningdek mintaqadagi yirik va taʼsir quvvati kuchliroq mamlakat boʻlganligi sababli, Afgʻonnistonning ichki xavfsizligini barqarorlashtirishga oʻzi bevosita kirishib boryapti. Toʻgʻrirogʻi, AQShning ijozati bilan Rossiyaning sunʼiy vahimasini yoʻqqa chiqarmoqchi. U bir necha yillar mobaynida AQShning taklifi bilan Afgʻoniston ichida uning infrastrukturasini iziga solish maqsadida harakat olib borishi kerak boʻladi. Yuqorida shu harakatlarini yanada kuchaytirish yoki Tolibon hukmron boʻlgan hududlarga ham koʻproq eʼtibor qaratishga vaʼda berdi. Shu bilan ruslar paydo qilishi mumkin boʻlgan sunʼiy harbiy vahimaning oldi olingan boʻladi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.