Tramp: “Barcha terrorchilar Parijda”

511
0

Tramp: “Barcha terrorchilar Parijda”

 Kanadaning Kvebek provinsiyasida boʻlib oʻtgan G7 sammiti doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp oʻz hamkasblariga nisbatan tanqidlar yogʻdirishda “ochkoʻzlik” qilmadi, deya yozmoqda “The Wall Street Journal”.

 Mavjud muammolarni muhokama qilish chogʻida Tramp bir nechta tahdidli bayonotlar qilgan.

 Nashrning yozishicha, uning immigratsiya va terrorizm borasidagi takliflari juda qattiq boʻlgan.

 “Siz buni bilishingiz kerak, Emmanuyel, barcha terrorchilar Parijda”,- deya murojaat qilgan u Frantsiya prezidenti Emmanuyel Makronga qarata.

 Evropadagi immigratsiya haqida gapiraturib, u Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abega shunday murojaat qilgan: “Shinzo, sizda bunday muammo yoʻq, lekin xohlasangiz sizga 25 million meksikalikni joʻnatishim mumkin va siz tezlik bilan lavozimingizni tark etasiz”.

 Shuningdek, Yevropa komissiyasi prezidenti Jan Klod Yunker ham Oq uy rahbarining tanqidlaridan chetda qolmadi. Tramp uni “dahshatli qotil” deya baholagan.

 Kanadaning Kvebek provinsiyasida 8-9-iyun kunlari boʻlib oʻtgan bu galgi sammit ishtirokchilari orasidagi keskinlik bilan yodda qoladigan boʻldi.

 AQSh prezidenti Donald Tramp esa sammitning yopilish marosimidan avval Kanadani tark etdi va yakuniy bayonotdan oʻz ismini qaytarib oldi.

Turkiston: 

AQSh soʻngi yillarda Islom va musulmonlarga nisbatan olamiy strotegiyasini oʻzgartirib boryapti. Shuningdek u Islom olamiga nisbatan ham oʻz munosabatlarini oʻzgartirib borayapti. Ayni paytda boshqa kufr olamiy yetakchi davlatlardan xam, Islomga va musulmonlarga nisbatan munosabatlarini oʻzgartirishni talab qilyapti.

Bunga AQShni majbur qilgan narsa shuki, u Suriyani vayron qilib tashlayotgan boʻlsa ham, musulmonlarning mafkuraviy quvvatlarini sindira olmayapti, aksincha Islom ummatining kufr sistemasiga qarshi islomiy mabdaʼiy sistemasi bilan mafkuraviy birlashish quvvati kuchayib bormoqda. Shuning uchun Amerika bu ishga yanada jiddiyroq kirishib boryapti.

AQSh va Gʻarb davlatlari endi Islom olamiga kufr mafkurasini olib kirish niyatidan umidini uzdi! Shuning uchun ular oʻz mustamlakalarini eski zamondagidek yana kuch bilan ushlab turish uslubiga qaytishmoqchi. Kufr olamini bundan oʻzga chorasi qolmadi!

Shuning uchun AQSh YeIdan xam, Islom va musulmonlarga nisbatan avvalgi strotegiyalarini oʻzgartirishlarini talab qilyapti. Yaʼni, avvallari oʻzlarining demokratiyaga asoslangan mafkurasini olamga yoyish maqsadida, mazlum musulmonlarga qalbaki insonparvarlik muruvvat koʻrsatish yoʻnalishida ish olib borishar edi. Endi esa aksincha, mafkuraviy daʼvat olib borayotgan xamda barcha islomiy tuygʻulari joʻshib yashayotgan mazlum musulmonlarga nisbatan oʻta qattiqqoʻllik siyosatini qoʻllashga chaqiryapti. Boshqacha aytganda, u Yevropa va boshqa kufr mamlakatlaridan xaqiqiy basharalarini yashirishga urinmay, yana avvalgidek ochiq moddiy kurashga qaytishni talab qilyapti!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.