Erdoʻgʻon Putinga hamkorlikda “K-500” ishlab chiqarishni taklif qildi

809
0

Erdoʻgʻon Putinga hamkorlikda “K-500” ishlab chiqarishni taklif qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Vladimir Putinga “K-500” zenit raketa komplekslarini hamkorlikda ishlab chiqarishni taklif qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

 U shuningdek Rossiyaning “K-400” yetkazib berish boʻyicha shartnoma bajarilishi haqida ham gapirdi.

 “Rossiya bizga “K-400” boʻyicha juda qulay shartlar asosida kredit berdi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda biz hamkorlikda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyamiz”,- degan Erdoʻgʻoni.

 Bundan tashqari, Erdoʻgʻon “K-400” yetkazib berish boʻyicha shartnomaga AQSh va NATOning tanqidiga javob berdi.

 “Nega ular Gretsiya egalik qilayotgan “K-300” borasida hech narsa deyishmayapti? Turkiyaga nisbatan bunday munosabatni tushunish qiyin. Bizning mudofaa sanoatimizning oʻziga yarasha talablari bor va biz ularni qondirishga harakat qilamiz”,- dedi u.

 Oʻtkan yilning dekabr oyida Rossiya va Turkiya “K-400” zenit raketa komplekslarini yetkazib berish boʻyicha kredit shartnomasini tuzgan edi. Anqara ikkita zenit raketa komplekslari batareyalarini sotib oladi. Tomonlar, shuningdek, Turkiyada “K-400” ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun texnologik hamkorlik borasida ham kelishib olishgan edi.

 AQSh va NATO davlatlari ushbu shartnoma uchun Anqarani bir necha bor tanqid qilishgan. AQSh davlat kotibi yordamchisi Uyess Mitchel “K-400” sotib olinishi “F-35” samolyotlarining Turkiyaga yetkazib berilishini soʻroq ostida qoldirishi mumkinligini aytgan edi.

 Bunga javoban Turkiya boshqa davlatdan qiruvchi samolyot sotib olishini maʼlum qildi.

 “F-35” samolyotlari belgilanganidek Turkiyaga yetkazib berilishi shart. Ammo muammo yuzaga kelsa, Turkiyada boshqa variantlar ham bor. Balki Rossiyadan yoki boshqa bir NATO davlatidan sotib olishimiz mumkin degan edi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻli “A Haber” telekanaliga bergan intervyusida.

 Oʻz navbatida Erdoʻgʻon AQShni “F-35” samolyotlarini yetkazib berishga chaqirdi.

 “Biz AQShni strategik hamkor deymiz. Ammo strategik hamkor bizni boshqa eshiklarga bosh suqishga majbur qilmasligi kerak”,- dedi Erdoʻgʻon.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.