Ulugʻ olim shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasi ziyoratchilariga yoʻllagan tabrigi

549
0

Ulugʻ olim shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning hijriy 1439, milodiy 2018 yilgi muborak ramazon hayiti kirib kelishi munosabati bilan Feysbuk sahifasi ziyoratchilariga yoʻllagan tabrigi

Allohga hamdu sano boʻlsin, Rosululloh ﷺga, oilalariga, sahobalariga va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga salotu salomlar yogʻilsin, ammo baʼd:

Alloh mukarram qilgan va u haqda

 كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنْ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ 

“Sizlar odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi boʻldingiz: maʼrufga buyurasiz, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz” [Oli Imron 110]

deb aytgan Islomiy Ummatni;

Pok taqvoli – Allohga hech kimni gunohdan pok, deb daʼvo qilmaymiz – daʼvat yetkazuvchi, solih amallarni qiluvchi hamda Alloh Taolo

 وَمَنْ أَحْسَنُ قَوْلاً مِمَّنْ دَعَا إِلَى اللَّهِ وَعَمِلَ صَالِحًا وَقَالَ إِنَّنِي مِنْ الْمُسْلِمِينَ 

“(Odamlarni) Allohga daʼvat qilgan va solih amal qilib, albatta men musulmonlardandirman, degan kishidan ham chiroyliroq soʻzlaguvchi kim bor?” [Fussilat 33]

deya taʼkidlaganidek, Allohning diniga chaqiruvchi kishilarni;

Haq va rostgoʻylik ila sahifamizni ziyorat qilayotgan, undagi yaxshilikka intilayotgan birodarlarni;

Barcha-barchalaringizni ushbu ramazon hayiti bilan muborakbod etaman. Alloh Subhanahudan tutgan roʻzalaringizni qabul qilishini va ushbu ulugʻ oyda doʻzaxdan ozod boʻlgan bandalardan qilishini soʻrayman.

Alloh Subhanahu ushbu hayitni barcha musulmonlar uchun xayru barakot ochqichiga aylantirsin, kelasi hayitni roshid Xalifalik soyasi ostida, la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh bayrogʻi ostida oʻtkazishimizni nasib etsin. Bu Allohga hargiz qiyin emas.

Soʻzim nihoyasida barchangizga salom yoʻllab, yaxshilik tilab qolaman, Alloh toat-ibodatlaringizni qabul qilsin, sizni barcha yomonliklardan Oʻzi asrasin, barcha ozorlardan himoya qilsin.

 فَاللهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ 

“Alloh eng yaxshi saqlaguvchidir va U zot mehribonlarning mehribonrogʻidir” [Yusuf 64]

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta             

birinchi shavvol, birinchi hayit kechasi 1439h – 15 iyun 2018m

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.