Qirgʻizistonlik musulmonlar tojikistoniklarni iftorlikka daʼvat qildi

943
0

Qirgʻizistonlik musulmonlar tojikistoniklarni iftorlikka daʼvat qildi

Qirgʻizistonlik musulmonlar  qoʻshni  Tojikistonning  Sugʻd viloyati Ovchi-Qalʼa tumanida yashovchi birodarlarini iftorlikka taklif qilishdi. Iftorlikka qoʻshni mamlakatdan 100 kishi tashrif buyurdi. Bu marosim ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini  qayta barqarorlashtirish, chagaralardagi xatarli vazʼiyat oqibatlarini  bartaraf  qilish  va  doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil qilindi.

Bungacha Batken viloyati raisining muovini Abish Xalmurzayev, Sugʻd viloyati raisi Rajabboy Axmadzoda bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi. Ularning suhbat mazmuni asosan chegara  muammosi boʻldi.

Eslatib oʻtamiz 4 iyun kuni  ” Futbol maydonchasi” Tojik-qirgʻiz  chegara nazorat postida ikki davlat chegarchilari orasida nizo chiqqan edi. Bundan Tojik chegarchilari jabr koʻrishdi. Bu voqea oddiy fuqarolariga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmadi. Tojiklar ijtimoy tarmoqlarda qirgʻizlarga nisbatan gʻarazli soʻzlar bilan bahslr uyushtirishdi. Hatto ish shu darajagacha yetib bordiki, qirgʻiz birodarlar Feysbuk ijtimoy tarmogʻiga shikoyat qilib, tojik tomonini murosoga chaqirishdi. Koʻpchilik bu kichkina uchqun katta jang alangasiga aylanishidan xavsirab qoldi. Alloh saqlasin. Paygʻambar (C.A.V) hadis shariflarida aytadilar: – “Bir-biringizga hasad qilmang, igʻvo qilmang, bir-biringizni yomon koʻrmang, bir-biringizga dushman boʻlmang,  Allohning birodar bandalari boʻlinglar”.

Bir qarashda iftorlik marosimi bu oddiygina diniy qadriyatlarning bir namunasi qatori baholansa-da, ammo bu narsada biz uchun eng muhim boʻlgan jihat shuki,  hukmron  sitema ming hiyla uyushtirmasin, baribir koʻzlagan natijaga erisholmaydi. Barchamizga maʼlumki, Ukraina va Rossiya oʻrtasida bir necha yillar davomida keskinlik hukm surib kelmoqda. Chegarlardagi ogʻir sharoit ikki davlat fuqarolarini turli mashaqqatlarga giriftor qildi. Buning oqibatida ikki davlat fuqarolari qalbida bir-biriga nisbatan adovat urugʻi sochildi. Ijtimoiy tarmogʻlarda ukrain va rus millatiga mansub insonlar hamisha bahslar uyushtirib, turli qattiq soʻzlar bilan bir-birlarini oboʻsini toʻkadi.

Ammo  tojik va qirgʻiz oʻrtasida garchi bir-necha marotaba nizolar chiqqan boʻlsa ham, hatto qonli toʻqnashuvlar sodir etilgan boʻlsa-da, biroq bu ikki millat vakillari vaqt oʻtib, hali hanuz dardlar eskirmasidan turib, yana bir-birlari bilan topishib, muroso qila oladi.  Eʼtiqodiy rishtalarini uzishga hatto sunʼiy chegaralarning ham kuch-qudrati yetmayapti. Bir eshikdan  haydalsa,  boshqa eshikdan  kirib, aloqa oʻrnatishmoqda.

Robita shu darajada kuchliki, uzoq yillar mobaynida ikki xalk qarindosh urugʻ boʻlib, quda-anda boʻlib ketgan. Sugʻdliklar turkiy tillarini yaxshi tushunishadi, bemalol soʻzlay olishadi. Qirgʻizlar ham bu borada qolishmaydi.Tashqi qiyofasini oz-muncha eʼtiborga olmasak  Batken, Laylak  qirgʻizlarini tojikiy lafzda shirin soʻzlashishlari tahsinga sazovor.

 Darhaqiqat, Iymon asosida qurilgan rishtalarni xech qanay kuch uza olmaydi. Chunki Islom dini, pok eʼtiqod, sof aqida ikki millat vakillarining qon-joniga singib ketgan.

Ikki  millat vakillari garchi din ulamolari boʻlishmasa-da, Musulmonchilik siylai rahmi tufayli, bir-birlariga rahm-shafqat nazari bilan qarashadi, xato oʻtsa kechirishadi. Garchi siyosatni toʻgʻri tushunishmasa-da, ularning qalbidagi iymon turtkisi kechirishga va rafoqat koʻrsatishga undaydi. Aynan shu narsa, shu botiniy ilohiy muhabbbat kufr olamini tashvishga soladi.

Modomiki dinimiz bir ekan, oxirat gʻamini birinchi oʻringa qoʻyaylik, ilmoniy sistema  nayranglariga aldanmaylik, Buyuk Yaratuvchimiz farishlariga faxr bilan tavsiflagan,  Paygʻambarimiz (sallalohu alayhi va sallam) maqtagan, sahobalari havas qilgan habiblarga aylanaylik.

Iyd muborak boʻlsin azizlar . Assalomu alaykum va rahmatulloh.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.