Oʻzbekiston va Tojikiston maxsus xizmatlari hamkorlik boʻyicha bitim imzoladi

Oʻzbekiston va Tojikiston maxsus xizmatlari hamkorlik boʻyicha bitim imzoladi

 Tojikiston milliy xavfsizlik xizmati matbuot xizmatining xabar qilishicha, Oʻzbekiston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari xalqaro terrorizmga qarshi kurash, davlat chegarasini himoya qilish va axborot almashish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitimni imzoladi.

 “Hujjat Tojikiston milliy xavfsizlik qoʻmitasi rahbari Saymoʻmin Yatimov va Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev tomonidan imzolandi”,- deyiladi xabarda.

 Oʻzbekiston DXX raisi Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya seshanba kuni Dushanbega borgan.

 “Uchrashuv chogʻida ikki davlat maxsus xizmatlari oʻrtasida terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi”,- deb taʼkidlandi Tojikiston milliy xavfsizlik xizmatida.

 Tomonlar ikki davlat terrorchilik va ekstremizm, shu jumladan, Afgʻoniston hududida faoliyat yurituvchi terrorchilik guruhlarga qarshi kurashish borasida yagona yondoshuvlar borligini maʼlum qildi.

 “Tojikston va Oʻzbekiston terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarga qarshi kurash boʻyicha qatʼiy va yagona pozitsiyaga ega”,- deyilgan Tojikiston milliy xavfsizlik xizmati xabarida.

 Oʻzbekiston davlat xavfsizlik xizmati rahbari Rogʻun GESi qurilish maydoniga ham tashrif buyurdi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.