Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Mudofaa vazirliklari harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Mudofaa vazirliklari harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

 “Sputnik” saytining Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar qilishicha,  Abdusalom Azizov Qirgʻiziston qurolli kuchlari bosh shtabi boshligʻi general-mayor Rayimberdi Duyshenbiyev boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

 Uchrashuv davomida mudofaa sohasida oʻzbek-qirgʻiz hamkorligining bugungi holati va rivojlanishistiqbollari, shuningdek harbiy yoʻnalishda oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Tomonlarning diqqat markazida Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash dolzarb vazifa ekani taʼkidlandi.

 Mudofaa vaziri Azizov 2017 yil sentyabr va dekabr oylarida Qirgʻiziston prezidentining Oʻzbekistonga rasmiy tashriflari ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim voqea boʻlib qolganini aytib oʻtdi.

 Uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa vazirliklari oʻrtasida mudofaa sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 2018 yilga hamkorlik rejasi imzolandi.

 “Ishonchimiz komilki, harbiy sohadagi mustahkam normativ-huquqiy bazaning yaratilishi, qurolli kuchlarimiz uchun ahamiyatli boʻlgan ikki tomonlama tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazishni amalga oshirishga yordam beradi. Ularning jangovar shayligini kuchaytirishda oʻziga xos “tayyorlov maydoni”ni oʻtab, nafaqat ikki mamlakat xavfsizligini, balki butun mintaqadagi barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi”,- dedi oʻz nutqida Oʻzbekiston mudofaa vaziri.

 Mehmonlar, shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishishdi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.