KXShT tashqi ishlar vazirlari AQShni tanqid ostiga oldi

691
0

KXShT tashqi ishlar vazirlari AQShni tanqid ostiga oldi

 Kollektiv xavfsizlik boʻyicha shartnoma tashkiloti (KXShT) ishtirokchi davlatlarining tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida qabul qilingan bayonotda aytilishicha, vazirliklar rahbarlari AQSh rahbariyati xatti-harakatlaridan norozi boʻlmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qildi.

 “Ortib borayotgan tashvishga Oʻrta va kichik masofalarga moʻljallangan raketalarni yoʻq qilish bitimi (OʻKMRB) ishiga paydo boʻlgan tahdidlar sabab boʻlmoqda. Ular bu bitimga rioya etmaslik bilan bogʻliq qator muammolarga yechim topilmagani tufayli kelib chiqyapti. Xususan, bu AQShning aniq harbiy dasturlariga tegishli, ular bitim boʻyicha majburiyatlarni hisobga olmagan tarzda amalga oshirilmoqda hamda raketa nishonlari va zarba beruvchi uchuvchisiz uchar qurilmalar, yerda joylashtiriluvchi universal raketa uchirish qurilmalarini ishlab chiqish hamda joylashtirishni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, Oʻrta va kichik masofalarga moʻljallangan raketalarni yoʻq qilish bitimi boʻyicha taqiqlangan, masofasi 500 dan 5500 kilometrgacha boʻlgan yerda joylashuvchi mobilь raketa tizimini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari tashvishga sabab boʻlmoqda”, – deyiladi bayonot matnida.

 KXShTdan taʼkidlashlaricha, Belarus, Qozogʻiston va Rossiya “bitim boʻyicha tomonlar hisoblanib, bu kelishuvga amal qilishga boʻlgan qatʼiy pozitsiyani saqlab turibdi”.

Turkiston:

 Rossiya Oʻrta Osiyoni xalqaro siyosiy va harbiy qarama qarshiliklar markaziga aylantirib olishga harakat qilmoqda. Bunga, AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan Avgʻoniston orqali paydo qilib kelayotgan “IShID” vahimasi ortidan, mintaqada oʻzining harbiy ishtirokini kuchaytirib olishga qaratilgan strotegik harakatlari sabab boʻldi. Aslida bu harakatlar Markaziy Osiyoga nisbatan Xitoyni jilovlab turish maqsadida boshlangan boʻlishiga qaramay, Rossiya bu vaziyatdan oʻz mavqeini va taʼsir quvvatini biroz oʻnglab olish maqsadida foydalanib olmoqchi. Rossiyaning bu pozitsiyasi Xitoyga maʼqul kelishini eʼtiborga olsak, u Xitoy bilan siyosiy va iqtisodiy munosabatlarini yanada kuchaytirib, Gʻarb olamining oʻziga qarshi olib borayotgan iqtisodiy va siyosiy qamal holatidan qutilib olmoqchi boʻlyapti.

Markaziy Osiyoga kelsak, Putin uni oʻz rejimini saqlab qolish maqsadida, kerak boʻlsa harbiy poligon qilib ishlatib yuborishga ham tayyor! Rossiya va Xitoy yuqoridagi KXShTga aʼzo davlatlarni oʻz maqsadlari tomon bir tomonlama harakatga majburlay boshlagani fikrimizga dalil boʻla oladi. Rossiya AQShni Markaziy Osiyo masalasida oʻzi bilan kelishib ish olib borishga majburlamoqchi. Shuningdek Xitoyni ham, Markaziy Osiyoni oʻzining strotegik taʼsiri ostida ekaniga ishontirish orqali, uni oʻziga boʻlgan munosabatini oʻzgartirib, yana avvalgi strotegik hamkorlik jihatini tiklab olmoqchi. Lekin Markaziy Osiyo uchun bu qaltis harakatlardan foyda yoʻq. Yaʼni xalqaro siyosatda bu kabi ikki yirik tomonlar oʻrtasiga tushib, bir tomonning manfaatini himoya qilib boʻlmaydi. Bu oʻta xavfli va xatarli siyosatdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.