Tojikistonda mehnat muhojirlari majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtadi

927
0

Tojikistonda mehnat muhojirlari majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtadi

Tojikiston mehnat vazirligi va Sogʻliqni saqlash  vazirligi mutasaddi tashkilotlardan  muhojirlarning tibbiy tashxisdan oʻtishligini taʼminlashni yoʻlga qoʻyilishi talab qilindi. Unga koʻra aeroportlar, temir yoʻl vokzallari va chegara postlarida maxsus nazorat punktlari oʻrnatiladi. “Mehnat muhojirlari tibbiy tashxisdan oʻtishsagina, mamlakat ichkarisiga kirish imkonini qoʻlga kiritishadi”- deyiladi talabnomada.

Baʼzi mutaxasislar bu qarorga ijobiy yondoshayotgan boʻlishsa, ayrimlari salbiy munosabat bildirishmoqda. “Yuqumli kasalliklarni oldini olish”- degan daʼvo bu qarorni joriy qilishni asosiy sababi sifatida koʻrsatilmoqda.

Taniqli jurnalist Xoliqnazar Jumayevning fikriga koʻra, aeroportlarda tibbiy taxshisni yoʻla qoʻyilishi, korruputsiyani yangi bulogʻi oʻlaroq xizmat qilishi muqarrar. Uning fikricha bu narsaga aslo yoʻl qoʻymaslik lozim.

“Meni taajubda qoldirgan jihat shuki – deydi Jumayev – fuqarolarning salomatligi  sogʻliqni saqlash Vazirligining vazifasi hisoblansa-da, nega endi ular oʻz ishini “tegishli organlarga” yuklaydi? Sogʻliqni saqalash tizimidan boshqa yana kaysi “tegishli idora”ning fuqarolar sogʻligini tashxis qilishlikka haqqi bor?

Koʻrsatilgan sababga ishonish qiyin, chunki Vazirlikni maqsadi tijoratdan boshqa narsa emas va mehnat muhojirlaridan foyda undirish maqsadida yoʻlga qoʻyiladi. Bir tasavvur qiling, agar bir yil mobaynida mamlakat ichkarisiga 500 ming mehnat muhojiri kirsa va ularning har biridan 50 somoniy ( taxminan 7 dollar) mablagʻ yigʻilsa, “gʻamxoʻr” sogʻliqni saqlash Vazirligi byudjetiga moʻmaygina daromada kirishligi anik. Bir necha yil ilgari Vazirlik “oila qurmoqchi boʻlgan yoshlarni bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazamiz” – deya jar solgan edi. Qani aytingchi, kimning farzandi bepul tibbiy koʻrikdan oʻtib, uylandi? Bu narsa allaqachon korruptsiyaning bir uslubiga aylanganligi sir emas, endi ustiga ustak mehnat muhojirlaridan oʻz vataniga bemalol kira olmasligini qanday izohlash mumkin? Uzoq yillar mobaynida birgina tibbiy sugʻurtani joriy etolmagan Vazirlik, bepul tibbiy taxshisni yoʻlga qoʻya olarmikan? Buning uchun Vazirlik eng avvalo loiha tuzadi, soʻngra  aeroport, vokzal, va chegara postlariga maxsus dastgohlar oʻrnatiladi va bu dastgohlarning puli mehnat muhojirlaridan bir necha barobarida undirib olinadi. Natijada mamlakat ostonasi vatan ostonasiga emas, korrputsiyaning boshlanish nuqtasiga aylanadi” –  deydi juranlist.

Xoliqnazar Jumayevga koʻra Vazirlik xorijiy biznesmenlar bilan til biriktirib, yangi tijorat usulini yoʻlga qoʻymoqchi, biroq bu tijorat oddiy  xalq uchun qoʻshimcha muammo tugʻdiradi.

“Agarda tibbiy taxshis natijasida fuqarolarimizda biror surunkali, yuqimli illatlar aniqlangudek boʻlsa, nima qilamiz? Nima oʻz vatandoshlarimizdan voz kechib haydab yuboramizmi?  Musofirchilikdan mashaqqat tortgan xalq, soatlab, hatto bir necha kunlab tashxis uchun navbat kutib, azob chekadi” – deya qoʻshima qildi jurnalist Jumayev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.