ShHTda raislik qilish Qirgʻizistonga oʻtdi

26
0

ShHTda raislik qilish Qirgʻizistonga oʻtdi

 Shanxay hamkorlik tashkilotida raislik qilish Xitoydan Qirgʻizistonga oʻtdi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti maʼmuriyati maʼlum qildi.

 Bishkek tashkilotda 2018-2019 yillarda raislik qiladi. Tashkilotning keyingi sammiti 2019 yil 14-15 iyunda Bishkekda boʻlib oʻtadigan boʻldi.

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qirgʻiziston raislik qilishga va tashkilotning yanada rivojlanishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshishga tayyorligini maʼlum qilgan.

 “Qirgʻiziston raislik qilish vaqtida ShHTni 2025 yilgacha rivojlantirish strategiyasidan kelib chiquvchi vazifalar va boshqa muhim dasturiy hujjatlarni amalga oshirishga eʼtibor qaratadi”,- deb aytgan Jeenbekov.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.