Putin: Suriya urushi yangi qurollarimizni sinovdan oʻtkazishimiz uchun tengsiz imkoniyat boʻldi

Putin: Suriya urushi yangi qurollarimizni sinovdan oʻtkazishimiz uchun tengsiz imkoniyat boʻldi

 Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi harbiy amaliyotlar Rossiya qurolli kuchlari uchun noyob tajriba boʻlganligini bildirdi. Putinning taʼkidlashicha, Rossiyaning Suriyada jangga kirishi rus armiyasining jang qobiliyatini oshirish va yangi qurollarni sinash uchun bebaho imkoniyat yaratgan.

“Jang maydonida qurolli kuchlarimizni ishga solish ular uchun noyob tajriba hamda qurolli kuchlarimizni rivojlantirish uchun tengi yoʻq vosita boʻldi. Hech qanday mashqlarni, jang sharoitida kuch ishlatish bilan taqqoslab boʻlmaydi”, dedi Rossiya davlat televedineyasi va radiosida mushtarak efirga chiqadigan “Pryamaya liniya” dasturida ishtirok etgan Putin

Qrim axborot agentligining xabariga koʻra, bundan tashqari Putin, “Qogʻozda yangi qurollarga ega boʻlish bir narsa boʻlsa, oʻsha qurollarning amalda qanday ishlashini koʻrish umuman boshqa narsa. Ofitserlarimiz va generallarimiz zamonaviy qurollar bilan jang qilishning maʼnosini tushuna boshladilar” deya qoʻshimcha qilgan.

Shuningdek, Putin teledasturda Suriyadagi Rossiya kuchlari qachon oʻz vazifasini bitirsagina u yerdan chiqishini taʼkidlar ekan, “Qoʻshinlarimiz dunyoning bu muhim mintaqadasidagi Rossiya manfaatlarini himoya qilish uchun u yerda turishibdi”, dedi.

Rus rasmiylari Moskva 2015 yildan buyon Suriya urushida 200dan ortiq yangi qurolini sinovdan oʻtkazganligini maʼlum qilgan edi.

Suriya inson huquqlari tashkilotlari rus armiyasini maktablar, kasalxonalar va turar-joy mahallalarni nishonga olgan havo hujumlarida koʻplab tinch aholi vakillarini, jumladan yosh bolalar va ayollarni oʻldirganlikda ayblaydi. Moskva esa, rus havo hujumlari fuqarolar oʻlimiga sabab boʻlganligi haqidagi ayblovlarni – butun dunyo koʻrib turgan boʻlsa ham – bez-betlarcha inkor qilib keladi.

Turkiston:

Putinni ham va uning qonxoʻr armiyasini ham Alloh halok qilsin! Putinning armiyasiga Suriyani vayron qilib yuborishiga sukut saqlab kelayotgan islomiy yurtlar armiya qoʻmondonlarini ham Allox oʻn marta halok qilsin! Ular millionlagan Musulmonlarni kufr olamining armiyasi qarshisiga yordamsiz tashlab qoʻyishdi!

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.