Tramp Rossiyani “Katta yettilik”ka qaytarish tarafdori

Tramp Rossiyani “Katta yettilik”ka qaytarish tarafdori

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp Rossiyani yana “Katta sakkizlik” tarkibiga qaytarishga chaqirdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

 “Sizga yoqadimi yoki yoʻq bu – siyosiy jihatdan ham beadablik hisoblanishi mumkin. Ammo biz dunyoni boshqarishmiz kerak. Hozir G7 bor, avval G8 edi, Rossiya haydalgandi, ammo Rossiya qaytarilishi kerak, bizga bu davlat muzokaralar stolida boʻlgani yaxshi”,- degan AQSh prezidenti jurnalistlarga.

 Ayni vaqtda “Katta yettilik” Germaniya, AQSh, Kanada, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Italiya davlatlaridan iborat.

 Rossiya ushbu tashkilotga 2002 yildan 2014 yilgacha aʼzo boʻlgan, 2014 yili Qrimni oʻz tarkibiga qoʻshib olganidan keyin tashkilotdan chiqarib yuborilgandi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.