Sooronbay Jeenbekov XXR raisi Si Tszinьpin bilan uchrashdi

1377
0

Sooronbay Jeenbekov XXR raisi Si Tszinьpin bilan uchrashdi

Prezident Sooronboy Jeenbekov Xitoyga amalga oshirayotgan davlat tashrifi chogʻida Xitoy rahbari Si Tszinьpin bilan uchrashdi.

 Jeenbekov oʻz soʻzida birinchi davlat safari Xitoyga boʻlayotganidan xursand ekanligini aytib oʻtdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik yangi tarixiy bosqichga koʻtarilayotgani aytib oʻtildi.

 Sooronboy Jeenbekov rahbarligidagi delegatsiya safida tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, prezident maʼmuriyatining tashqi siyosati boʻlimi boshligʻi Doniyor Sidiqov, bosh vazir oʻrinbosari Zamirbek Asqarov, Jogorku Kenesh deputatlari Aqilbek Japarov, Isxak Masaliyev, Adil Junus oʻgʻli, Kubanichbek Nurmatov, Davlat kadrlar xizmati boshligʻi Akram Madumarov, Moliya vaziri Adilbek Kasimaliyev, Iqtisodiyot vaziri Oleg Pankratov, Qishloq xoʻjaligi vaziri Nurbek Murashev, Sogʻliqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev, Transport va yoʻllar vaziri Jamshitbek Kaliyev, Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri Taalaygul Isakunova, Sanoat, eneretika va yer osti boyliklaridan foydalanish boʻyicha davlat qoʻmitasi boshligʻi Ulan Riskulovlar bor.

 Xabarda aytilishicha, Sooronbay Jeenbekov Xitoy raisi Si Tszinьpin taklifiga binoan 6-8 iyun kunlari Xitoyda davlat tashrifi bilan boʻladi. Bu safar davomida Jeenbekov Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan va Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qoʻmitasi raisi Li Chjanshu bilan urashadi hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Tsindao shahrida oʻtadigan oʻn sakkizinchi majlisida ishtirok etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.