‎Uygʻur muslimaning Islom Ummatiga nolasi

‎Uygʻur muslimaning Islom Ummatiga nolasi

Bismillaxir roxmanir roxim!

Men zolimlar zulmi ostida qolgan, ojiza muslima singlingiz Oishaman.

Nomuslari toptalgan Turkistonlik uygʻur muslimaman. Kechayu kunduzlarini havotir ila oʻtkizayotgan moʻmina singlingizman. Xitoy askarlari roʻza tutishni namoz oʻqishni man etsalarda namozini qoldirmagan, roʻzasini Xitoy buddistlari majburan ochgunlariga qadar tutayotgan munisa singlingizman.

Ha, men oʻsha… roʻzasi majburan ochirilgan, Turkistonlik Oishaman.

Ha, men oʻsha… besh akasi qamoqda, uch ukasi muhojirlikda, ota-onasi shahid boʻlgan, uyida erkak zoti qolmasdan, Xitoy hukumati qarindoshlik haftasi deya uyimizga Xitoyning buddist erkaklari majburan joylashtirilgandan soʻng, oʻz nomusini himoya qilish uchun oʻzini balkondan uloqtirgan Sumayaning singlisi Oishaman.

Ha, men oʻsha… Xitoylik buddistga majburan berilgan, oʻz toʻyini qaygʻu va alam ila oʻtkazgan, Maryamning opasi Oishaman.

Ha, men oʻsha… Farzandlariga Islomni oʻrgatganligi, namoz oʻqiganligi, roʻza tutganligi xamda tilidan chikadigan yagona kalimasi LA ILAHA ILLALLOH boʻlganligi uchun mana qariyb 8 yildan beri oʻz hayotini Xitoy qamoqhonasida mazlum mahbus oʻlaroq oʻtkazayotgan Mustafoning ayoli Oishaman.

Ha, men oʻsha… Bir milliondan ziyod musulmonlari qamalgan, namozi, roʻzasi uchun zulm koʻrayotgan, buddistlar tarafidan Kurʼoni, joynomozi yoqilgan, ulamolari birin ketin shahid qilinayotgan, imomlari masxara qilinayotgan, roʻzalari majburan ochirilayotgan, ammo…Allohga iymoni cheksiz boʻlgan Turkistonlik musulmonlarning biriman!

Ha, men oʻsha…. Muhammad s.a.v.ning ummatiga mansub boʻlgan, qamasalar ham garchi oʻldirsalar ham, oʻz dinidan voz kechmagan, kofirlardan bezor boʻlgan, bu ummatni buyuk ummat deya tanigan Oishaman.

Ha, men shu ummatdanman, uning dardi mening dardim, ammo mening dardim sizlarning dardingizmi?

Oyoq kiyimingiz yirtilib qolsa borib darhol toʻgʻrilatib olasiz. Nahot muslima singlingizga shu oyoq kiyimingizchalik ham eʼtibor bermasangiz!

Ha men shu ummatdanman, ammo siz shu Ummatdanmisiz ?

Musulmon musulmonning birodaridir unga zulm qilmaydi uni yordamsiz tashlab qoʻymaydi degan Paygʻambar s.a.v.ning ummatidanmisiz?

Biz Allohga ishondik xamda buyruklariga buysundik. Ha, u Xitoy kofirlarining minglagan askarlari, millionlagan qurollari boʻlsa, bizning buyuk Robbimiz bordir !

Firʼavnni halok kilgan Alloh bularni ham tez orada halok qiladi !

Ammo ummat holiga esa, voy boʻlsin!

Bu Ummat tarixda eng Buyuk ummat deya sifatlanar edi…. ammo men bugun koʻzlarim yoshlarga toʻlgan holda bu Ummatga bor ovozim ila, “Ey orzu havaslarga burkangan ummat, uz dindoshini uz holiga tashlab kuygan ummat”, deya dod solmoqchiman!

Ey orzu havasga burkangan ummat bizga yordam berolmas ekansiz, hech boʻlmaganda muborak ramazon oyi HAQQIMIZGA duo qiling!

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.