Musulima Uygʻur qizlari xitoylik dinsizlar bilan turmush qurishga majburlanmoqda

1862
0

Musulima Uygʻur qizlari xitoylik dinsizlar bilan turmush qurishga majburlanmoqda

Xitoy hukumati har bir Uygʻurning uyida bitta yoki ikkitadan mahalliy xitoylikni joylashtirish zulmini amalga oshirgandan soʻng, zulmning navbatdagi bosqichiga oʻtdi. Mahalliy axborot manbalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, hukumat Uygʻur qizlariga bosim oʻtkazib, xitoylik dinsizlarga turmushga chiqishga majburlash loyihasini amalga oshirmoqda. Bu ham Xitoyning yangi assimilyatsiya siyosatining bir qismidir.

Har bir xitoylik, Musulmon uygʻurning uyida qolgan paytda boʻlsin, yoki koʻcha-koʻylarda boʻlsin, biror muslima Uygʻur qizni koʻrganda, yoqtirib qolsa, Xitoy maʼmuriyatidan talab qilib, u qizga uylanib olishi mumkin. Pokiza, musulima, iffatini saqlab yurgan Uygʻur qizlari esa, hech qanday xaromdan tap tortmaydigan dahriy xitoylik erkaklar bilan turmush qurishga majburdir. Muslima qizning oʻzi ham, uning oilasi ham bunday nikohlarga eʼtiroz bildirishi mumkin emas.

Bir muslima qizni majburlab dinsiz xitoylikka turmushga berayotgani aks etgan video tasvir ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi. Musulima Uygʻur qizining jirkanch dinsiz xitoylikka turmushga chiqishni aslo istamayotganligini va u bunga majburlanganini uning yuz ifodasidan aniq bilib olish mumkin.

Ammo xitoy humumatiga koʻra, Muslima Uygʻur qizini soʻragan har bir xitoylikka u qiz berilishi kerak. Agar musulima Uygʻur qizning otasi yoki biror mahrami muslima qizning atiyest dinsizga turmushga chiqishiga qarshilik qilsa, uning boradigan joyi oʻta ogʻir sharoitdagi qamoqxona yoki tartib oʻrnatish lagerlaridir. Shundoq ham, Uygʻur musulmonlarini qamoq va lagerlarga tiqish uchun Xitoy hukumatiga bahona lozim. Hozirgi paytda Xitoy zindonida qancha musulmonlar borligi nomaʼlum.

Sharqiy Turkistonda musulmonlarga nisbatan amalga oshirilayotgan Xitoy hukumati zulmlarining hajmi kundan kunga ortib bormoqda. Ammo butun dunyo, jumladan Islom olami ham, Xitoy hukumatining bu jirkanch harakatlariga jimgina tomoshabin boʻlib turishibdi. Islomiy oʻlkalarda “xotin-qizlar haq-huquqlari” daʼvosini koʻtarib, jar solayotgan kofir gʻarb esa, bu holat qarshisida koʻr, kar, soqov boʻlib qoldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.