Qirgʻizistonlik faollar Atambayevni korruptsiyada ayblashmoqda

828
0

Qirgʻizistonlik faollar Atambayevni korruptsiyada ayblashmoqda

Qirgʻizistonlik faollar sobiq prezident Almazbek Atambayevni korruptsiyada va mamlakat qarzining ikki barobar koʻpayishida ayblashmoqda. Ularning fikricha, bosh prokuratura Atambayevga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatishi lozim. Bu haqda matbuot anjumanda faollardan biri Taalaybek Jumadilov aytib oʻtdi. Uning aytishicha, bosh prokuratura “Korruptsiya” moddasi boʻyicha Atambayevga nisbatan ish qoʻzgʻashga toʻliq huquqqa ega.

“U hokimiyat tepasida boʻlgan vaqtda tashqi qarz ikki barobarga oshgan. Biz davlatimizni boy bermoqdamiz. Agar choralar koʻrilmasa, unda istiqbolda davlatchiligimizni yoʻqotamiz”, deb aytgan Jumadilov.

Matbuot anjumanning yana bir ishtirokchisi Abdumalik Mirzayevning aytishicha, “Qirgʻizistonda eng korruptsiyalashgan davlat qurilgan. Qirgʻizistonning amaldagi prezidenti  Sooronbay Jeenbekov aytilgan faktlarga eʼtibor qaratib, tegishli choralar koʻrishi lozim”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.