Pentagon: Oʻrta Osiyodagi “IShID” tahdidi Moskva propagandasidan boshqa narsa emas

933
0

Pentagon: Oʻrta Osiyodagi “IShID” tahdidi Moskva propagandasidan boshqa narsa emas

Pentagon Rossiyaning Markaziy osiyo mamlakatlarida “Islom davlati” uyushmalari tarqalishi  haqidagi xavfsirashlariga qoʻshilmaydi. Amerika harbiylari fikriga koʻra, bu singari bayonotlar “Rossiya propagandasi”, xolos. Bu haqida “Sputnik” sayti xabar bermoqda.

Ilgariroq Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Oleg Siromolotov Afgʻoniston xalqaro terrorizmning tayanch bazasiga aylanayotgani haqida oʻz havotirlarini bildirgan edi. Diplomatning soʻzlariga koʻra, bu mamlakatda faol “IShID” jangarilari soni 4 mingdan 10 ming nafargacha. Siromolotov terrorchilar qonuniy hukumatlarni agʻdarishni, Markaziy Osiyo va Rossiya davlatlari hududlarini bosib olishni, shuningdek, “Shimoliy Xuroson” davlatini barpo etish haqidagi maqsadlarini ochiq bayon etayotganlarini taʼkidlab oʻtgan edi.

Ammo Amerika harbiy muassasasi Moskvaning bu hadiklarini “asossiz”, deb hisoblamoqda.

 “Rossiya AQShning Afgʻonistondagi urinishlarini yoʻqqa chiqarish uchun “IShID” borasida global havotirlarni avj oldirishda davom etmoqda. Rossiya  har qanday imkoniyatni qidirib topib, AQSh va bizning Markaziy Osiyolik sheriklarimiz oʻrtasiga dushmanlik urugʻini sochish uchun foydalanmoqda. “IShID”ning Markaziy Osiyoni bosib olishga urinishlari haqidagi asossiz ayblovlar propagandadan boshqa narsa emas”,- degan  RIA Novostiga Pentagon matbuot-xizmati vakili podpolkovnik Kon Folkner.

 Ammo muassasa vakili Afgʻonistondagi “IShID” aʼzolarining umumiy soni haqida gapirishdan bosh tortgan va AQSh Afgʻonistonlik hamkorlari bilan birgalikda mamlakatda “IShID” sonini qisqartirish borasida oʻz ishini davom ettirishini taʼkidlagan.

 Shu bilan birga Pentagon vakili Rossiya oʻz hududida terrorizmga qarshi kurash borasida yetarlicha choralar koʻrmayotganini qoʻshimcha qilgan.

Turkiston:

Biz avval taʼkidlaganimizdek, Avgʻonistonda shakllanib borayotgan harbiy keskinlik, AQShning Markaziy Osiyoda oʻz manfaatlarini roʻyobga chiqarish loihasidan oʻzga narsa emas! Rossiya “IShID” tashkiloti orqali paydo qilib borilayotgan AQSh loihasidan oʻz manfaati yoʻlida foydalanib olmoqchi boʻlyapti. Yuqorida Pentagon matbuot xizmati vakili Rossiyaning manfaatiga qarshi gapirib, “IShID” loihasi bizning nazoratimiz ostida. Biz uni toʻla nazorat qilamiz. Rossiyaning qalbaki vahimalarida hech qanday asos yoʻq, shuningdek u paydo qilmoqchi boʻlayotgan bu vaziyatlar bizning manfaatlarimizga mos kelmaydi” demoqchi boʻlyapti.

Demak, aslida sunʼiy vahima mavjud! Lekin u faqat AQShning manfaati uchun ishlashi kerak! Negaki “IShID”ni Avgʻonistonga Iroqdan AQSh koʻchirib olib oʻtdi. Xalqaro siyosatdagi mavqeʼidan foydalanib, barcha sarf harajatlarini ham uning oʻzi koʻtarib borayapti. Shuning uchun AQSh, bu loihadan vaqti kelganida albatta foydalanadi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.