Jogorku Kenesh sobiq prezidentlarni javobgarlikka tortishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqishga kirishdi

373
0

Jogorku Kenesh sobiq prezidentlarni javobgarlikka tortishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqishga kirishdi

 Qirgʻiziston parlamenti oʻzining ikki tegishli qoʻmitasiga sobiq prezidentlarni javobgarlikka tortish masalasini tartibga soladigan qonun loyihasini ishlab chiqishni topshirdi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

 “Gap kelgusida sobiq prezidentlar jinoyat sodir etganda javobgarlikka tortilishi lozimligi haqida ketmoqda. Biz endi shunday qonunni ishlab chiqishimiz kerak”,- deya izoh berdi deputat Isxak Masaliyev.

 Deputat Doston Bekeshovga koʻra, Masaliyevning qoʻmitalarga sobiq prezident Almazbek Atambayevdan daxlsizlik maqomini olish haqidagi qonun loyihasi va sobiq davlat rahbarlarini daxlsizlikdan mahrum etish mexanizmlarini ishlab chiqishni topshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.