Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar tayyorlash haqida topshiriq berdi

409
0

Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar tayyorlash haqida topshiriq berdi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp Oq uyga Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar toʻplamini tayyorlash haqida topshiriq berdi. Bu RF oʻrta va kichik masofalardagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi bitimni buzgani tufayli yuz berdi. Ushbu hujjat Oq uy saytida eʼlon qilingan.

 Topshiriqda aytilishicha, davlat kotibi Mayk Pompeo moliya, mudofaa, savdo vazirlari hamda milliy razvedka direktori bilan birgalikda 2018 yilga moʻljallangan harbiy byudjet toʻgʻrisidagi qonunning “S” 1244-boʻlimida yozib qoʻyilgan talablarni bajarishi kerak. U “Rossiyaga qarshi qoʻshimcha sanktsiyalarni joriy qilish rejalari boʻyicha hisobot” deb nomlangan. Ushbu hujjatni Trampning oʻzi tuzishi kerak, biroq u oʻz vakolatlarini vazirlarga berishga qaror qildi.

 Shuningdek, 1244-boʻlimda aytilishicha, prezident hisobotni tayyorlashi va kongressga kiritishi kerak, unda Rossiya oʻrta va kichik masofalarga moʻljallangan raketalarni yoʻq qilish boʻyicha bitimga rioya etmagani tufayli aniq shaxslarga nisbatan choralar joriy etish boʻyicha rejalar belgilab qoʻyiladi. Hujjatga koʻra, sanktsiyalar shunday shaxslarga joriy etilishi mumkinki, bunda aynan ularning buyruqlari oʻrta va kichik masofalarga moʻljallangan raketalarni yoʻq qilish boʻyicha bitim bajarilmasligiga sabab boʻlgan boʻlishi kerak. Shuningdek, Rossiya hukumati aʼzolari ham sanktsiyalarga toʻqnash kelishi mumkin.

 Hisobotda sanktsiyalar joriy etiladigan shaxslar roʻyxati taqdim etilishi lozim. Ehtimoliy choralar orasida AQShda aktivlarni bloklab qoʻyish, mamlakatga kirishni taqiqlash, shuningdek, prezident tomonidan ishlab chiqiladigan boshqa istalgan sanktsiyalar bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.