Suriya muxolifati vakillari muzokaralarda qatnashish uchun Ostonaga keldi

Suriya muxolifati vakillari muzokaralarda qatnashish uchun Ostonaga keldi

 Suriya qurollangan muxolifati vakillari mamlakatdagi vaziyatni muvofiqlashtirish boʻyicha xalqaro uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostonaga keldi. Bu haqda Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining rahbari Anvar Jaynaqovning bergan maʼlumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

 “Suriya qurollangan muxolifati vakillari bugun ertalab Ostonaga keldi. 24 kishidan iborat delegatsiyaga Ahmad Toma (2017 yili ar-Riyod muzokaralari boʻyicha tuzilgan qoʻshma qoʻmita vakili) rahbarlik qilmoqda”,- deydi Jaynaqov.

 14 may, dushanba kuni Suriyadagi vaziyatni hal qilish boʻyicha Ostona muzokaralarining toʻqqizinchi bosqichi boshlandi. Muzokaralar davomida tomonlar Suriyadagi mavjud vaziyatni tahlil qiladi. Mintaqada inqirozni bartaraf qilish boʻyicha keyingi jarayonlarni tashkil qilish masalasi muhokama qilinadi.

 Dushanba kuni ikki va koʻp tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtdi. Asosiy majlisning 15 may, seshanba kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 AQSh delegatsiyasi Suriya masalasi boʻyicha Ostonada boʻlib oʻtadigan muzokaralarda qatnashmaydi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.