Deputatlar Atambayev va Jeenbekovni “soʻroqqa” chaqirishmoqchi

Deputatlar Atambayev va Jeenbekovni “soʻroqqa” chaqirishmoqchi

 “Knews”ning xabar qilishicha, 16 may kuni Jogorku Kenesh Bishkek IESda roʻy bergan avariya sabablarini oʻrganish boʻyicha deputatlik komissiyasi xulosasini, shuningdek, uni modernizatsiya qilish uchun ajratilgan kreditning sarflanishi holatini muhokama qilishni davom ettirdi.

 QSDP fraktsiyasidan deputat Riskeldi Mombekov JK deputatlari oldiga QR sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hamda davlatning amaldagi rahbari Sooronbay Jeenbekovni “soʻroqqa” chaqirishni taklif qildi.

 “Xalq kim kredit pullarini oʻziga olib qolganini koʻrmoqda. Biz hukumatni ayblamoqdamiz, bu yerda esa, bizning oramizda korruptsiyaga aloqadorlar oʻtiribdi, masalan, Qodirqulov va Muratbekov. Deputatlar orasida juda boylari bor, ularning oʻzi oʻnta IESni qurishi mumkin. Biz kimning puli qayerdan kelganini juda yaxshi bilamiz”, – dedi u.

 Uning qoʻshimcha qilishicha, IESdagi avariyada odamlar haqiqatni bilib olishdi. “Nasosga rahmat, unga orden berish kerak. Aynan u tufayli biz avariya haqida bildik”, – degan Mombekov.

 Shu bilan birga, uning hamkasbi, QSDP fraktsiyasidan deputat Asal Koduranovaning maʼlum qilishicha, IESdagi vaziyatga Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni aybdor qilib qoʻyishmoqchidek tasavvur uygʻonmoqda. U Mombekovni qoʻllab-quvvatlab, JK yigʻilishiga QR prezidenti Jeenbekov va Atamboyevni taklif qilishni soʻradi.

 “Atambayevning aybi nimada? U grantlar va kreditlarni jalb qilganidami? Unda hozirgi prezident Sooronbay Jeenbekov yangi grantlarni jalb qilish va yoʻllarni qurishdan oldin bu haqda yaxshilab oʻylab koʻrishi kerak, u ham keyin bunga javob beradi. Jeenbekov va Atambayevdan buni soʻrashga qurbingiz yetadimi? Deputatlar oʻzini bunday tutishi notoʻgʻri. Xitoy ertaga qandaydir bayonot bersachi? Bishkekdagi yoʻllarni grant hisobidan qurayotganimiz maʼlum qilinadi. Kim biz bilan ishlashni xohlaydi? Bir tomonlama fikr boʻlmasligi uchun IESning modernizatsiyasiga aloqador boʻlgan barchadan soʻrash kerak”, – deya aytib oʻtdi u.

 Sobiq bosh vazir Sapar Isakov deputatlarning savollariga javob qaytarib, Atambayev bosim oʻtkazmagani va bir kompaniya manfaatlarini ilgari surmaganini bir necha marta takrorlab oʻtdi.

 Isakovning soʻzlariga koʻra, Atambayev faqat IES modernizatsiyasi boʻyicha ishlarni oʻziga olmoqchi boʻlgan kompaniyaga oid takliflarni koʻrib chiqishni soʻragan.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.