Hijriy 1439, milodiy 2018 yilgi ramazon oyi tabrigi

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Hijriy 1439, milodiy 2018 yilgi ramazon oyi tabrigi

Allohga hamdu sano boʻlsin, Rosululloh ﷺga, oilalariga, sahobalariga va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga salotu salomlar yogʻilsin, ammo baʼd:

Insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatga,

Allohning zikridan tijorat ham, savdo ham burolmaydigan haqiqiy er kishilariga,

Ushbu sahifaning muhtaram ziyoratchilariga…

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Hammangizni ushbu ulugʻ oy

 شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ

“Odamlar uchun hidoyat boʻlib hamda hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari boʻlib Qurʼon nozil qilingan ramazon oyi”  [Baqara 185]

bilan muborakbod etaman. Alloh Taolo bu oyning avvalini rahmat, oʻrtasini magʻfirat va oxirini doʻzaxdan panoh qilib berish bilan musulmonlarga ikrom koʻrsatdi… Bu oyda Qurʼoni Karim nozil boʻldi, unda nusrat va fathul mubinlar amalga oshdi… Bu oy – amal, saʼy-harakat va jiddi-jahd koʻrsatish oyidir. Bu oy – ibodat, sabr va jihod oyidir… Bas, ey musulmonlar, astoydil yeng shimarib, bu oydagi yaxshiliklar ustida bir-biringiz bilan musobaqalashing. Zero, ramazonda ajru hasanotlar behisob qilib beriladi…

Alloh Subhanahudan soʻraymanki, barcha musulmonlarning roʻzalari va qiyomul layllarini qabul aylasin, ushbu oyni xayru barakot ochqichiga va roshid Xalifalik bilan nusrat debochasiga aylantirsin, buning natijasida Ummat Uqob bayrogʻi, la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh royasi soyasidan bahramand boʻlib, xuddi ilgarigidek, Parvardigori bilan kuchli va dini bilan aziz ulugʻ Ummat holiga koʻtarilsin.

 وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

“Oʻsha kunda moʻminlar Alloh gʻolib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) Oʻzi xohlagan kishini gʻolib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir” [Rum 4-5]

Soʻzimni sizga salom yoʻllash, duoi xayr qilish, Allohdan barchamizning roʻzalarimiz va qiyomul layllarimizni qabul qilishini soʻrash bilan xotimalayman. Zero, Alloh Subhanahu solihlarni doʻst tutgay.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Birodaringiz

Ato ibn Xalil Abu Roshta

 Seshanbadan chorshanbaga, yaʼni shaʼbonning

29 kunidan 30 kuniga oʻtar kechasi 1439h

15 may 2018m

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.