AQSh Markaziy Osiyodagi ommaviy axborot vositalari uchun 15 mln dollar ajratdi

620
0

AQSh Markaziy Osiyodagi ommaviy axborot vositalari uchun 15 mln dollar ajratdi

Markaziy Osiyoda “mustaqil” ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun AQSh maʼmuriyati 15 million dollar ajratdi. Uning taʼkidlashicha, Rus ommaviy axborot vositalari bu mintaqadagi jamoatchilik fikriga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatmoqda.

May oyida Amerika Qoʻshma Shtatlarining (USAID) Xalqaro taraqqiyot agentligi Markaziy Osiyo respublikalarida rus ommaviy axborot vositalari taʼsirini kamaytirish maqsadida u yerdagi axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tender boshlaganligi aytilmoqda. Vashington u yerda Rossiya ommaviy axborot vositalari faoliyatiga bevosita eʼtibor qaratishga bel bogʻlagan.

Xabarda aytilishicha, AQSh Davlat departamentining maqsadi, mahalliy jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlash va demokratik tizimda ommaviy axborot vositalarining oʻrnini fuqarolar yaxshi tushunishlari uchun ularning “matbuot savodxonligini” yaxshilashdan iboratdir.

Vashingtonning daʼvosiga koʻra, uning Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistonda ijtimoiy matbuotning yuqori sifatini yaratish salohiyati past koʻrsatgichda davom etmoqda. Bunga Rossiya tarafidan efirga uzatilayogan va mintaqada jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim rol oʻynayotgan yangiliklar va koʻngilochar dasturlar hukmronligi sabab  boʻlmoqda.

AQSh oʻzining bu harakatlarini shunday izohlaydi: “Mustaqil mahalliy ommaviy axborot vositalarining, kuchli moliyalashtirilgan va axborotlar uchun asosiy manba boʻlib qolayotgan Rossiya kanallari bilan raqobatlashishi oʻta mushkul. Bu esa, dunyoda sodir boʻlayotgan ishlarning notoʻgʻri tushunilishga sabab boʻlmoqda. Ushbu mamlakatlarning avtoritar rejimlari ommaga taqdim etilgan maʼlumotlarni nazorat qilishga yordam qilmoqda va demokratik islohotlarga toʻsqinlik qilmoqda. Natijada bu holat soʻz erkinligi, axborot erkinligi va oshkoralik kabi olamiy qadriyatlarga putur yetkazmoqda”.

Baʼzi mutaxassislarning fikricha, Vashington bu bilan mavjud tizimlarni va Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlarning siyosiy yoʻnalishini oʻzgartirishni hamda Xitoy va Rossiya ustidan strategik ustunlikka erishish uchun mintaqaga mustahkam oʻrnashib olishni koʻzlamoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.