Ben Xojes: Rossiya faqat kuchni xurmat qiladi

Ben Xojes: Rossiya faqat kuchni xurmat qiladi

 AQSh quruqlikdagi qoʻshinlari qoʻmondoni, general-leytenant Ben Xojesning maʼlum qilishicha, Rossiya “faqat kuchni hurmat qiladi”. Bu haqda u Polьshaning TVN telekanaliga bergan intervьyusida aytib oʻtdi.

 “Biz Moskva bilan qandaydir bitimni imzolayotgan paytimizda juda ehtiyotkor boʻlishimiz kerak. Bu buyuk tarixga ega davlat, biroq ular faqat kuchni hurmat qiladi. Agarda bizning ittifoq birdamlik va qatʼiylikni koʻrsatmasa, unda faqat tajovuzkorlikni ragʻbatlantirgan boʻlamiz”, – deya aytib oʻtdi Xojes.

 Uning taʼkidlashicha, Rossiya YeI va NATO “printsiplarini qoʻporib tashlamoqchi” hamda NATO Yevropadagi oʻz ittifoqchilarini himoya qila olmasligini koʻrsatib bermoqchi.

 “Bu shuni anglatadiki, biz gibridli urush, yolgʻon axborot tarqatish, yadroviy tahdid va kiberhujumlarga toʻqnash kelmoqdamiz”, – deya qoʻshimcha qilib oʻtdi general.

 Xojesning fikricha, Rossiya oʻzining xorijdagi fuqarolarini himoya qilishni oʻz burchi deb biladi, bu esa Boltiqboʻyi mamlakatlari yoki Polьshaga tezlik bilan bostirib kirishga sabab boʻla oladi.

 “Rossiya bu kabi katta xatoga yoʻl qoʻyishining oldini qay tarzda olishimiz mumkin? Alьyans bizning reaktsiyamiz tezligini oshirishga harakat qilmoqda. Polьshaning modernizatsiya borasida qilayotgan ishlari bizning imkoniyatimizni kengaytiradi. Biz Rossiyaga biz ham tez, yoki ular kabi tez harakatlana olishimizni koʻrsatmogʻimiz darkor. Keyin biz ham ular bilan xuddi sovuq urush davridagi munosabatlarga ega boʻlamiz”,- dedi Ben Xojes.

Turkiston:

AQShning Rossiyani Yevropa uchun tahdid tugʻdiruvchi tajovuzkor qilib koʻrsatishidan maqsadi, mintaqada NATOning taʼsir quvvatini yanada kuchaytirib olishdir. Putinning rejimi ham bu keskinlikdan foydalanib, Gʻarbdan kelishi mumkin boʻlgan tahdiddan Rossiyani xavotirga solish maqsadida matbuot urushini boshlab yuborgan. Putin rejimi davlatni oʻz domiga tortib borayotgan iqtisodiy krizis oqibatlari sababli, oʻz fuqorolarini Gʻarbning tajovuzlaridan ogohlantirish bilan, vaziyatni sovuq urush holatiga olib oʻtmoqchi. Bu bilan rejim Rossiya xavfsizligi uchun oʻzining oʻrnini hech qanday kuch bosa olmaydigan darajadagi holatini saqlab tura oladi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.