Nikol Pashinyan Armaniston bosh vazir boʻldi

Nikol Pashinyan Armaniston bosh vazir boʻldi

 Nikol Pashinyan 8 may kuni parlamentda 59 deputat ovozini olib, mamlakatning yangi bosh vaziriga aylandi. U aprel oyi davomida Armaniston poytaxti Yerevanda sobiq prezident Serj Sargsyanning bosh vazirga aylanishiga qarshi oʻtkazilgan norozilik namoyishlari ortidan hukumat tepasiga keldi.

 Armaniston milliy majlisi mamlakat bosh vaziri lavozimiga “Fuqaro shartnomasi” muxolifatchi partiya raxbari boʻlgan Nikol Pashinyanni sayladi, deb xabar qildi RIA “Novosti”.

Saylovning ikkinchi bosqichida Pashinyan nomzodi uchun “Elk”, “Tsarukyan Bloki” va “Dashnaktsutyun” partiyalaridan 59 nafar deputat ovoz berdi. Qarshi boʻlganlar soni 42 kishini tashkil qildi.

Yangi bosh vazir vazifasida Pashinyan Yevroosiyo iqtisodiy sammitida (EOII) ishtirok etishini xabar qildi.

1 may kuni boʻlib oʻtgan dastlabki ovoz berishda, parlamentda koʻpchillikdan iborat boʻlgan – Armaniston respublikachilar partiyasi vakillari Pashinyanga oʻz ovozlarini bermagan va u saylanmagan edi.

 Shundan soʻng butun mamlakat boʻylab namoyishlar yana qayta jonlandi. Pashinyan tarafdorlari bir necha kun davomida yoʻllarni toʻsib qoʻyishgan edi.

 Maʼlumki, aprel oyining boshida Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsyan bosh vazir lavozimiga saylangan edi. Bundan oldin esa u mamlakat konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritib, bosh vazirga juda katta vakolatlar bergan edi. Shundan soʻng butun Armaniston boʻylab Pashinyan boshchiligida muxolifat namoyishlari boʻlib oʻtdi. Bir necha kun davom etgan namoyishlardan keyin Sargsyan isteʼfoga chiqishga majbur boʻlgan edi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.