AQSh Eron boʻyicha yadro bitimidan chiqdi

871
0

AQSh Eron boʻyicha yadro bitimidan chiqdi

  AQSh Eronning yadro dasturi boʻyicha harakatlar umumiy Qoʻshma rejasidan chiqadi. Bu haqda 8 may kuni Oq uyda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida AQSh prezidenti Donalьd Tramp bayonot berdi.

 “Bitim faqat Eronga oʻzining yadro dasturni kengaytirish imkonini berdi. Bitim asosini xomhayollik tashkil qilardi. Bizda Eronning vaʼdalari yolgʻon ekanligini isbotlovchi dalillar bor. Bu tinchlik olib kelmagan bir tomonlama qaror edi. Bu bitim hech qachon tinchlik olib kelmaydi. Agar men Bitimda qolish imkonini yaratib bersam, u holda butun Yaqin Sharqda yadro qurollari poygasi boshlanib ketadi. Men AQShning mazkur yadro kelishuvidan chiqishini eʼlon qilaman”, – dedi Tramp.

 AQSh prezidentining soʻzlariga koʻra, Eron rasmiylari mazkur bitim talablarini qayta koʻrib chiqishdan voz kechgan. U shuningdek, agar Tehron rasmiylari fikrdan qaytsa, u holda oʻzi muloqotga tayyor ekanini, yangi talablar asosida yangi kelishuvga erishishga rozi ekanini bildirdi.

 Trampning eʼlon qilishicha, Eronga qarshi sanktsiyalarning tiklanishiga qaratilgan farmonni zudlik bilan imzolaydi va sanktsiyalar tez orada kuchga kiradi.

 U Eroni terrorizm homiysi, “Xizbolloh”, “Xamas”, “Tolibon” va “Al Qoida”ni qoʻllab-quvvatlovchisi, shuningdek oʻz fuqarolarini qiynoqqa soluvchi davlat deya atadi. Shu bilan birga  Tramp AQSh “Avtoritar rejim egallab olgan” Eron fuqarolarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

 Bundan avval bitimini imzolagan Yevropa davlatlari va Rossiya Eronning yadro dasturi boʻyicha harakatlar umumiy Qoʻshma rejasi Eronni tiyib turishning birdan bir imkoniyati ekanligi haqida bayonot berishgan edi.

 Koʻptomonlama bitim Eron va jahonning yetachi davlatlari tomonidan 2015 yilda imzolangan edi. Bu bitimga koʻra Eron tomonidan yadroviy dastur toʻxtalishi evaziga Tehronga nisbatan joriy qilingan iqtisodiy sanktsiyalar bekor qilinishi kerak edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.