AQSh muassasasining hisoboti: AQSh Tolibonni ortga chekintira olmadi

AQSh muassasasining hisoboti: AQSh Tolibonni ortga chekintira olmadi

AQSh hukumatiga qarashli “Afgʻonistonni yangidan tiklash” muassasasining bosh inspektsiyasi AQShning Afgʻonistonda mudofaa va barqarorlikni taʼminlash boʻyicha departamenti taqdim etgan maʼlumotlarga tayanib hisobot eʼlon qildi. Hisobotda qayd etilishicha, AQSh Afgʻonistonda bosimni kuchaytirishiga qaramay, Tolibon harakatining nazorati ostidagi hududlar kengayib bormoqda va hozirda Tolibon harakati eng kamida mamlakatning yarmini oʻz nazorati ostiga olgan.

Shuningdek, hisobotga koʻra, Tolibon harakati soʻnggi paytlarda qoʻlga kiritgan tumanlarni ham statistikaga kiritiladigan boʻlsa, AQSh Afgʻonistondagi bosimlarining kuchaytirgandan keyin Tolibonning ortga chekinmaganligini, aksincha yanada koʻproq joylarni oʻz nazorati ostiga olganligini aytish mumkin.

Ayni paytda Tolibon harakati har yili boʻlgani kabi, bu yil ham bahor amaliyotlarini yangi nom bilan boshlaganligini eʼlon qildi. Eʼlonga koʻra, Tolibonning bu yilgi harbiy amaliyotlari “Handaq gʻazoti” nomi ostida amalga oshirilmoqda. Soʻngi olingan xabarlarda aytilishicha, Tolibon harakati soʻnggi bir hafta ichida ikki shahar markazini oʻz nazorati ostiga olgan.

AQShda respublikachi va demokrat senatorlar doimo Afgʻoniston urushiga ortiqcha darjada xarajatlar sarflanayotganini taʼkidlab kelishadi. AQSh Mudofaa vazirligi Pentagonning maʼlum qilishicha, afgʻon urushi AQSh soliq toʻlovchilari zimmasiga har yili 45 milliard dollar yuklaydi va bu sarf-xarajat kelgusi yillarda ortib boraveradi.

Deputatlar prezident Donald Trampning boshqaruv davrida ham AQShning Afgʻonistonda biror gʻalabaga erishish borasida ishonchsizlik bildirishmoqda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.