Ruhoniy: Eron Trampning yadroviy bitim boʻyicha har qanday qaroriga tayyor

25
0

Ruhoniy: Eron Trampning yadroviy bitim boʻyicha har qanday qaroriga tayyor

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat hukumati AQSh davlat rahbari Donalьd Trampning Eron yadroviy dasturiga doir kelishuvi boʻyicha har qanday qaroriga tayyor ekanini maʼlum qildi.

 “Kelgusi hafta bizning hayotimizga hech qanday oʻzgarishlarni olib kelmaydi. Tramp qanday qaror qabul qilishidan qatʼi nazar, bizning oʻz rejalarimiz bor va biz bunga qarshilik qilamiz”, – dedi Ruhoniy Sebzevar shahri aholisi oldida chiqish qilar ekan.

 Eron prezidenti Agar AQSh UHHR (Umumqamrovli hamkorlikdagi harakatlar rejasi)dan chiqadigan boʻlsa, tez orada bundan afsuslanishini” taʼkidladi.

 Eron va xalqaro vositachilar oltiligi (Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Frantsiya, Germaniya) 2015 yilning 14 iyulida Eron atom dasturini tartibga keltirishga doir tarixiy kelishuvga erishishgan edi: umumqamrovli hamkorlikdagi harakatlar rejasi ishlab chiqilgan, ularni bajarish esa Eronni BMT XK, AQSh va Yevroittifoq tomonidan kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanktsiyalardan xalos qiladi.

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp Buyuk Britaniya, Germaniya va Frantsiya bilan muhokamalar yakuniga koʻra 12 maydan kechiktirmay Amerikaning UHHRda qolishi yo qolmasligi haqida eʼlon qiladi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.