Rajab Erdogon davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi

481
0

Rajab Erdogon davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi

29 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish uchun Turkiya prezidenti davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Rajab Erdogon prezident Mirziyoyev taklifi bilan 29 aprel – 1 may kunlari Oʻzbekistonga davlat tashrifini amalga oshiradi.

 Tashrif doirasida Toshkent shahrida koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yoʻllari, ikki tomonlama munosabatlarning yangi istiqbollarini belgilash va rivojlantirishni muhokama qilish rejalashtirilgan. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik, jumladan, global va mintaqaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

 Shuningdek, Rajab Erdogon Oʻzbekiston Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida soʻzga chiqadi. Prezidentlar Oʻzbekiston va Turkiyaning yetakchi banklari, kompaniya va firmalari rahbarlarining qoʻshma biznes forumida ham ishtirok etadi.

 Oʻzbekiston – Turkiya muzokaralari yakunida prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati va uni jadal rivojlantirish masalalari aks etgan Qoʻshma bayonotni imzolashi rejalashtirilgan.

 Tashrif doirasida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo turli sohalarga oid salmoqli hujjatlar toʻplami hamda qator investitsiya kelishuvlari imzolanishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.