AQSh koʻrfaz davlatlarini himoya qilayotganligini aytib, yana ulardan mablagʻ talab qildi

911
0

AQSh koʻrfaz davlatlarini himoya qilayotganligini aytib, yana ulardan mablagʻ talab qildi

 AQSh prezidenti Donalьnd Tramp va Frantsiya prezidenti Emmanuyel Makron Oq uyda tashkil etilgan matbuot anjumanida Eron bilan tuzilgan yadroviy shartnoma va Suriya xaqida bayonot berishdi.

Donald Tramp Eron bilan tuzilgan yadroviy shartnomaning taqdiri ustida ishlar davom etayotganligini bildirar ekan, bu shartnoma juda yomon shartnoma boʻlganligini va aslo tuzulmasligi kerakligini bildirdi.

Shuningdek, Tramp AQSh qoʻshinlarini Suriyadan oʻz mamlakatiga qaytarish istagi borligini, ammo IShID magʻlub qilinishi ortidan boʻshab qolgan yerlarga Eronning egalik qilishini istamayotganligini qayd etdi. Uning taʼkidlashicha, mintaqadagi ayrim boy mamlakatlar bundan soʻngra Suriya inqirozini hal etish uchun zarur boʻlgan moliyaviy dastakni yanada koʻproq taqdim qilishlari kerak.

“Uyga qaytishni istaymiz, ammo ortimizda kuchli va barqaror tarzda oʻrinbosar qoldirishni istaymiz”, “Mintaqadagi ayrim davlatlarni ximoya qilib kelyapmiz. Ular orasida juda boy boʻlganlari ham bor. Endi ular oʻzlaridan bilib, u yerda qilingan ishlarning haqqini toʻlab qoʻyishlari kerak”, dedi AQSh prezidenti.

Turkiston:

Eronning Amerikaga xizmat qilib kelayotganligini dunyodagi hech bir siyosatchi inkor qila olmaydi. Mintaqada Eron nufuzining kengayishi Amerika bilan kelishilgan holda amalga oshganligi ham hech kimga sir emas. AQSh oʻtgan yillar mobaynida Eron bilan yadroviy dastur bitimini imzoladi, undan sanktsiyalarni olib tashladi va uning mintaqadagi rolini kuchaytirdi.

Bugunga kelib Tramp Eronga yuklatilgan asosiy roldan unumli foydalanmoqda. Yaʼni, Eronni “olaboʻji” qilib koʻrsatib, “men sizlarni Eronning yovuzligidan himoya qilyapman, degan bahona bilan Koʻrfaz davlatlaridan yuz milliardlab dollar undirmoqda. Chunki arab davlatlari Eronni oʻzlari uchun eng katta tahdid, deb biladilar va mintaqada uning nufuzi yoyilishidan qattiq xavfsiraydilar.

Maydonda mana shunday afsuslanarli va sharmandali vaziyat hukm surmoqda. Eng achinarlisi shundaki, AQSh bir tarafdan oʻzining kapitalistik mafkurasini saqlab qolish uchun musulmonlarni qatliom qilayotgan boʻlsa, boshqa bir tarafdan mana shu qatliomlar uchun sarflanadigan xarajatlarni Islom oʻlkalarining rahbarlaridan undirib olmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.