G7 mamlakatlari IT-kompaniyalardan ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilmoqda

413
0

G7 mamlakatlari IT-kompaniyalardan ekstremizmga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilmoqda

 G7 mamlakatlari guruhi xavfsizlik vazirlari yirik texnologik kompaniyalar va ijtimoiy mediadan oʻz platformalari orqali ekstremizmning kengayishiga qarshi kurashni kuchaytirishni talab qilishmoqda. Bu haqida Kanada jamoatchilik xavfsizligi va fuqarolik himoyasi vaziri Ralьf Gudeyl maʼlum qildi.

 “Terrorizm G7 mamlakatlari va ularning aholisi xavfsizligiga asosiy tahdidligicha qolmoqda”, – dedi u. Shuningdek vazir zamonaviy dunyo sharoitlarida davlat va xususiy sektor ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi birgalikda kurashishi kerakligini taʼkidladi. Gudeylning xabar berishicha, Facebook, Twitter, Google va Microsoft kompaniyalari vakillari uchrashuvga tashrif buyurishgan va ularning platformalardan ekstremist va terrorchilar foydalanishiga barham berish boʻyicha qoʻllanayotgan choralar haqida soʻzlashgan. “Bu kompaniyalar ekstremizmga qarshi kurashda yanada agressivroq boʻlishlari mumkin”, – dedi vazir.

 Uning soʻzlariga koʻra, yettilik mamlakatlarining xavfsizlik vazirlari va IT-kompaniyalar vakillari 2017 yilda Italiyada G7 yetakchilari sammitida bunday masalalarni muhokama qilishgan.

 “Muayyan natijalarga erishilgan, biroq biz bundan-da yaxshi natijani koʻrishni istaymiz”, – dedi Gudeyl.

 G7 hukumatlari terrorchi va ekstremistlar bu kompaniyalar platformalariga kirish hamda shu tariqa ekstremistik materiallarni tarqatish va oʻz faoliyatini olib borish imkonidan mahrum qilinishini  xohlayotganini taʼkidladi. Ayniqsa, odam savdosiga alohida eʼtibor zarur, deb hisoblaydi vazir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.