Amerika Suriyada amalga oshirgan soʻnggi havo zarbasining asl mohiyati

767
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Amerika Suriyada amalga oshirgan soʻnggi havo zarbasining asl mohiyati

Savol:

Putin, Ruhoniy va Erdogan uchrashuvi haqida 2018 yil 11 aprelda chiqqan nashramizda bu uchovlon Suriyada Amerika manfaatlarini amalga oshirayotganlari, bundan AQSh nufuzi ostidagi ilmoniy rejimni mustahkamlash koʻzlangani aytilgan edi. Shuningdek, Putin Suriyada Amerika bilan kelishgan holda va unga xizmat koʻrsatish uchun harakat qilayotgani ham nashrada taʼkidlangan… Endi, bugun tunda Amerikaning Suriyada amalga oshirgan havo zarbalarini qanday izohlash mumkin. Axir, Tartus va Hamimimda Putinning kuchlari bor-ku? Putin Amerika bilan kelishgan holda harakat qilayotgan boʻlsa-yu, Amerika qanday qilib Suriyada uning kuchlariga zarba beradi? Yana bir savol, Amerika, Britaniya va Frantsiyaning manfaatlari  boshqa-boshqa. Shunday ekan, ularning oʻrtasidagi ittifoqni qanday tushunamiz? Shularni izohlab bersangiz. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin! Savolni voqea ortidan darhol berganim uchun maʼzur tutasiz.

Javob:

Avvalo, savolda kelgan ayrim narsalarni toʻgʻrilasak: Amerika Rossiyaning Suriyadagi obʼektlariga zarba bergani yoʻq va bu Rossiya mudofaa vazirligining bugun ertalab, 2018 yil 14 aprelda bergan bayonotidan ham koʻrinib turibdi. Balki Amerika Rossiya obʼektlariga yaqin joylarga, shundoqqina yoniga zarba berdi. Rossiya esa, miq etolmadi. Vaholanki, u oʻzini Suriyada yurtu fuqaro egasi ekanini, yurt tizgini ham oʻzining qoʻlidaligini daʼvo qilayotgan edi!
Amerika kimyoviy qurollarni nishonga olishdan koʻra koʻproq, birinchi galda Rossiyani adabini berib qoʻyishni xohladi. Bugun tongda taxminan oʻnta obʼektga zarba berilgan. Biroq ertalabki axborot vositalarida berilgan harbiy ekspertlarning baʼzi izohlariga koʻra, zarba berilgan obʼektlar ichida kimyoviy zavod va ilmiy tekshirish markazlari juda ham oz boʻlib, asosan harbiy obʼektlar nishonga olingan.
Ushbu havo zarbalari qanday qilib Rossiyani esini kiritib qoʻyishiga kelsak, Rossiya Suriyada Amerika manfaati uchun xizmat koʻrsatayotgan boʻlsa­da, lekin bir oz hovliqib ketdi. Shuning uchun u goʻyo Suriyada ishlar tizginini ushlab turgandek gerdayib, oʻzining Suriyadagi faoliyatidan foydalanishga urindi. U Amerikaning oʻrnini egallash uchun emas, balki uning Suriyadagi nufuzini mustahkamlash uchun harakat qilishi kerak edi. Biroq oʻziga belgilangan chegaradan oʻtib ketdi. Shu bois Rossiyani oʻziga belgilangan oʻringa qaytarib qoʻyish uchun bu zarbalar uning obʼektlari yaqiniga berildi. Zero Rossiya oyogʻi toyilib­adashdi. Chunki u Suriyada amalga oshirayotgan ishlaridan oʻzini qudrat va nufuz markazi qilib koʻrsatishda foydalandi. Shuning uchun Amerika unga shu darajada qarshi turdiki, hatto uni tahqirladi. Masalan, Rossiyaning Vashingtondagi elchisi – AQSh zarbasi faqat Rossiya uchungina emas, shaxsan Putin uchun ham tahqirlov boʻlgani toʻgʻrisida bayonot berdi!
Endi, nega bu zarba Suriya obʼektlaridan koʻra koʻproq Rossiyani tahqirlash uchun qaratilganiga kelsak, gap shundaki, bu zarbadan oldin Trampning shovqin-suroni bir necha kun davom etdi. Bu esa, rejimga oʻz obʼektlaridan chiqib ketishi uchun bir signal edi. Shuning uchun yuzdan ziyod raketa otilganiga qaramay, talafot deyarli moddiy boʻldi. Endi, buning rejimga nisbatan taʼsiriga kelsak, bu narsa u uchun yangilik emas. Chunki “kim past ketsa, uni tahqirlash ham oson boʻladi”, deyilganidek, u oʻzining xorlanishiga koʻnikib qolgan. Malaylarning ahvoli oʻzi shunday. Xoʻjayinlari ularga zarba berishning hech qanday zarari yoʻq, deb bilishadi, oʻz manfaatlari buni talab qilsa, bas. Bu sohada tarixda koʻplab voqealar yuz bergan… Shuningdek, Amerika Xon Shayxun hodisasidan keyin ham shunga oʻxshash havo zarbalarini bergan edi. Aytganimizdek, bu narsalar yuvindixoʻr Bashar uchun yangilik emas. Aksincha, u bunday hodisalarga koʻnikib ketgan boʻlib, zarbalardan keyin doim oʻzining gʻalabasini nishonlab keladi! Ammo bu hodisa Rossiyaga taʼsir qildi. Chunki u aksar kemalarini olib ketdi, zarba ehtimoli borligi sababli baʼzi obʼektlarini boʻshatib, qochib qoldi. Holbuki, zarbalar uning obʼektlari yaqiniga berildi. U oʻzini Suriyada hukmron, deb hisoblashiga qaramay, zarbaga qarshi hech qanday havo mudofaasini qoʻllagani yoʻq! Bu haqda oʻsha kuni tush paytida Rossiya mudofaa vazirligi xabar qildi.
Bugun ertalab rus mulozimlaridan biri bayonot berib, Xavfsizlik Kengashiga Rossiyaning shikoyat taqdim qilmoqchi ekanini bildirdi. Shundan soʻng shikoyat taqdim qilindi. Xavfsizlik Kengashining yigʻini shu kuni Grinvich vaqti bilan soat 15.00ga belgilandi. Zero, zaif davlatlar oʻzlariga nisbatan qilingan adovatlarga qarshi turishda bunday shikoyatlardan uslub va vosita sifatida foydalanadi. Garchi Rossiya bazalari nishonga olinmagan boʻlsa-da, amalda unga adovat qilindi. Chunki u sobiq Sovet Ittifoqining buyukligi tuygʻusi bilan Suriyada haddidan oshib ketgan edi. Shuning uchun ham berilgan zarbalar – hozirgina aytib oʻtganimizdek – Rossiyani oʻzining oʻrniga qaytarib qoʻyish uchun, uning haddini bildirib qoʻyish uchun boʻldi. U ayni zarbaga qarshi birorta ham moddiy harakat qilishga jurʼat qilolmadi. Bulardan ruslarning siyosiy goʻlligi qay darajada ekani koʻrinib turibdi. Chunki ular barcha imkoniyatlarini ishga solishlariga qaramay, qaror chiqarish huquqini qoʻlga kirita olishmayapti. Qaror faqat Amerika qoʻlida qolyapti. Ular Misrdagi uzoq yillik tajribalaridan ham ibrat olishmadi. Oʻshanda Anvar Sadat bitta imzo bilan ularning kovushini toʻgʻrilab qoʻygan edi. Chunki u yerda Amerika nufuzi oʻrnatilib, ruslar buni anglab yetishmagan edi. Bugun ham boshqaning manfaati yoʻlida Islom va musulmonlarga qarshi shafqatsizlarcha kurashib, ayni xatoni Suriyada takrorlashmoqda. Rossiya va uning ortidagi Amerikaning bu vahshiyliklari musulmonlar xotirasidan hargiz oʻchmaydi. Zero, kunlar aylanib­oʻzgarib turadi, ertangi kun esa, uni kutayotgan kishi uchun juda yaqindir.
Ammo savoldagi AQSh, Britaniya va Frantsiyaning tuzgan ittifoqi haqida toʻxtaladigan boʻlsak, buni raqib davlatlar oʻrtasidagi ittifoq maʼnosida emas, balki Amerikaning ruxsati bilan amalga oshirilgan “ittifoq” maʼnosida tushunish lozim. Buni terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida Iroq va Suriyada tuzilgan xalqaro koalitsiyaga oʻxshatish mumkin. Chunki Amerika Britaniya bilan Frantsiyaning oʻsha ittifoqda ishtirok etishiga rozi boʻlgan… Biz buni avvalgi nashrlarimizda batafsil yoritib oʻtganmiz.
Achinarli tomoni shuki, dunyodagi taʼsir kuchiga ega davlatlar bizning yurtlarimizda bemalol izgʻib yurib, hokimiyat tizginini oʻz qoʻllarida ushlab kelmoqda. Bizning esa, birlashtirib, kuch-qudratimizni qaytaradigan davlatimiz yoʻq. Agar davlatimiz boʻlganda edi, ularga oʻzlarining oʻtmishlarini soʻzda va amalda eslatib qoʻygan boʻlur edi… Yaʼni Amerika Oʻrta yer dengizidan oʻtish uchun Usmoniy davlatning Jazoirdagi voliysiga boj toʻlab kelgan. Shuningdek, Frantsiya ham oʻzining asirlikdagi podshohini qutqarishi uchun musulmonlar xalifasi Sulaymon Qonuniydan yordam soʻragan. Britaniya esa, Rosululloh A haqoratlangan sahna tomoshasi namoyish qilingani uchun Usmoniy davlatning Londondagi elchisidan uzr soʻragan edi. Usmoniy davlat oʻsha paytda oʻzining eng zaif holatini boshdan kechirayotgan edi. Shuning uchun ham, uzr soʻrash bilan qutulib qolgan. Ammo Usmoniy davlatning holati boshqacha boʻlganda edi, mutlaqo boshqacha javob olishgan boʻlishardi.
Shuning uchun ham, qon tomiri urib turgan har bir musulmon Alloh nozil qilgan boshqaruvni, yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni qayta barpo etish uchun Hizb ut­Tahrir bilan birgalikda bor kuchi bilan harakat qilmogʻi vojibdir. Ana shunda Islom va musulmonlar kuch­qudratga toʻladi, kufr va kofirlar esa, xor boʻladi.

 وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ 

“Oʻsha kunda moʻminlar Allohning nusratidan shodlanurlar. (Alloh) Oʻzi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir” [Rum 4­5]

 27 rajab 1439h

14 aprel 2018m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.