Evo Morales: AQSh bu – zamonaviy dunyoning tahdidi

462
0

Evo Morales: AQSh bu – zamonaviy dunyoning tahdidi

 Boliviya prezidenti Evo Morales AQShni zamonaviy dunyoning asosiy tahdidi deb atadi. Bu haqida RIA Novosti xabar qildi.

“Shuni ochiq-oydin aytish lozimki, erkinlik, demokratiya va ona-sayyora hamda koʻptomonlama dunyo uchun asosiy tahdid bu – AQShdir. Men bu haqda ochiq gapirishdan qoʻrqmayman”, – dedi Morales Peruda boʻlib oʻtgan “Amerikalar sammiti” yalpi majlisida.

 Ilgariroq Boliviya prezidenti AQShdan Suriyaga qarshi agressiyani toʻxtatishni, Kubadan blokadani olib tashlashni, Venesueladagi davlat toʻntarishini qoʻllab-quvvatlashni va Meksikaga qarshi devor qurilishini toʻxtatishni talab qilgan edi. “Amerikalar sammiti” juma kuni kechqurun Lima poytaxti Peru shahrida ochildi.

Odatda uch yilda bir marta oʻtkaziladigan va sakkizinchi bor oʻtkazilayotgan forumning navbatdagi yalpi majlisi kuni shanba kuni boʻlib oʻtgan. Bu yil asosiy masalalar korruptsiya bilan bogʻliq- sammit mavzusi ham “korruptsiyaga qarshi demokratik boshqaruv” va “Korruptsiya va barqaror taraqqiyot” sifatida belgilangan.

Bu safargi sammitga bir nechta prezidentlar kelishmadi. AQSh prezidenti Donalьd Tramp (uning oʻrniga vitse-prezident Mayk Pens kelgan), Kuba Davlat kengashi rahbari Raulь Kastro (uning oʻrniga TIV rahbari kelgan), hamda oʻzining oʻrniga vakillarini joʻnatishgan Salьvador, Gvatemala va Paragvay yetakchilari Peruga tashrifdan bosh tortganlar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.