Vashington Suriya bilan muloqot oʻtkazish shartlarini eʼlon qildi

Vashington Suriya bilan muloqot oʻtkazish shartlarini eʼlon qildi

AQSh Davlat departamentining matbuot kotibi Xizer Noyyert agar Suriya hukumati oʻzining qoʻl ostidagi kimyoviy qurolni ochiqqa chiqarmasa Vashington Damashq bilan muzokaralarga qaytishi mumkinligini bildirdi.

“Agar bizning shartlarimiz bajarilsa, bu holat AQShni Jeneva muzokaralariga qaytishga undaydi”, dedi AQSh Davlat departamentining vakili “Fox News” kanaliga bergan intervьyusida.

AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mattis ham kechagi AQSh, Britaniya va Frantsiya davlatlarining Suriyaga uyushtirgan hujumi ortidan bergan bayonotida butun dunyoni Jeneva jarayonini qoʻllab quvvatlashga chaqirib oʻtdi.

“Bu hujum Suriya rejimiga qaratilgan. Faqat endi madaniyatlashgan butun dunyoning BMT tarafidan dastaklanayotgan Jeneva jarayonini qoʻllab quvvatlash bilan Suriya masalasiga nuqta qoʻyish uchun darhol yigʻilish oʻtkazish vaqti keldi”, dedi Mattis.

Ayni paytda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli AQSh Suriyadagi oʻz maqsadlarini amalga oshirgunga qadar u yerdan oʻz qoʻshinlarini olib chiqmasligini maʼlum qildi. Heyli Rossiya bilan munosabatlar juda xavotirli ekanini bildirar ekan, Qoʻshma Shtatlar hali ham yaxshi munosabatlardan umidvor ekanligini aytib oʻtdi.

Biroq, Heylining taʼkidlashicha, Agar Asad aqlini yigʻishtirib olmasa,  AQSh Suriyaga yana zarba berishishi mumkin.

“Agar Suriya rejimi bizning qatʼiyatimizni sinab koʻradigan darajada ahmoq boʻlsa, biz bosimni yana kuchaytirishga tayyormiz”, “Men ertalab AQSh prezidenti bilan gaplashdim. U agar Suriya rejimi yana kimyoviy qurolni ishga soladigan boʻlsa, AQSh yana hujumga tutishga tayyor ekanligini bildirdi”, dedi Heyli BMT Xavfsizlik Kengashining yigʻilishida.

Turkiston:

Rossiyaning oxirgi vaqtlarda Suriyadagi siyosiy jarayonlarga kirishib borayotgani, AQShning jigʻiga tegayotgan edi. U bir necha marotaba “Astana”, keyinroq “Sochi” konferentsiyalarini oʻtkazdi. Muxolifat kuchlari bilan Asad rejimi oʻrtasidagi keskinliklarni bartarf etishda oʻzi bilgancha, baʼzi bandlarida “Jeneva” shartnomalariga zid yechimlar bilan islohotlar yurgiza boshladi. Rossiya oʻz talablarini roʻyobga oshirish maqsadida, konferentsiyaga oʻz ixtiyori yoki AQShning talabi bilan ishtirok etishdan bosh tortgan kuchlarga qarshi harbiy va siyosiy bosimlar oʻtkaza boshladi. Uning bu harakatlari, AQShning oʻz manfaatlari asosida mintaqada olib borayotgan strotegiyasini shakllantirishda, jiddiy ziddiyatlar paydo qila boshladi. Yaʼni, Rus aviatsiyasi AQSh koʻrsatmalariga itoatda boʻlgan jangari toʻdalarni ham oʻqqa tuta boshladi. Putin rejimining bu harakatlariga qarshi chiqqan AQSh siyosatiga karata ruslar, “AQSh terrorchilarni himoya qilyapti” deb olamga jar solishdi. Oxir oqibat Amerika Asad rejimini raketalar bilan oʻqqa tutdi.

AQShning koʻzlagan maqsadi, Rossiyani mintaqadagi harbiy va siyosiy taʼsirini zaiflashtirish, uni butun dunyo oldida harbiy holatini zaif ekanini isbotlab qoʻyish, va Suriyani isloh qilishdagi barcha siyosiy muzokaralarni “Jeneva” konferentsiyasiga qaytarishdir.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.