AQSh, Britaniya va Frantsiya Suriyani hujumga tutdi

AQSh, Britaniya va Frantsiya Suriyani hujumga tutdi

AQSh, Buyuk Britaniya va Frantsiya Asad rejimini kimyoviy qurol ishlatganlikda ayblab, Suriyadagi kimyoviy bazalarni nishonga olganligi aytilmoqdi. AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga hujum qilish haqida buyruq berishi ortidan, Britaniya bosh vaziri Tereza May va Frantsiya Prezidenti Emmanuyel Makron ham – goʻyo boshqa qurollardan insonlar halok boʻlmayotgandek – Suriyada kimyoviy qurollar ishlatilishiga jim qarab tura olmasligini bildirdi.

Britaniya mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, Britaniya havo kuchlari 4ta Tornado jangovar samolyot bilan ishtirok etgan va Homsdagi eski raketa bazasiga hujum uyushtirgan, hujumda “Boʻron Soya” nomli raketalardan foydalanilgan.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg AQSh boshchiligidagi hujum haqida “AQSh, Britaniya va Frantsiya tomonidan tashlangan qadamlarni qoʻllab-quvvatlayman. Bu qadam rejimning kimyoviy qurol bilan hujum qilish qobiliyatini kamaytiradi”, dedi.

AQSh Mudofaa vaziri Mattis, Suriyaga qilingan hujum “bir martalik” ekanligini va shu bilan ramziy amaliyot yakunlanganligini bildirdi.

“Bu yil oʻtgan yilgi hujumga nisbatan ikki marta koʻproq qurol ishlatdik. Nishonlar ham yanada diqqat bilan tanlandi. Kuchli hujum boʻldi, deb aytishim mumkin. Bu hujumda Suriya rejimi nishonga olindi”, dedi Mattis.

Biroq, AQSh hujumlarining tafsilotlari 2017 yilda boʻlgani kabi, “xoʻjakoʻrsin”ga boʻlganligi aytilmoqda. Chunki hujumlardan zarar koʻrgan hech qanday bino yoki harbiy baza haqida xabar yoʻq. AQSh shuningdek, 2017 yilda ham Suriya rejimiga hujum qilishi ortidan bazalar boʻsh ekanligi maʼlum boʻlgan edi. Bu gal ham Suriya rejimi bazalarni boʻshatib qoʻyganligi aytilmoqda.

Hujumda Eronga qarashli jangarilar ham nishonga olinganligi bildirildi. Lekin mahalliy manbaning maʼlumotlariga koʻra, AQSh boshchiligidagi hujumlarda 100 dona raketa otilgan boʻlishiga qaramay, bor-yoʻgʻi olti kishi yaralangan xolos.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.