Erdogʻan qaysi safda ekanligini aniq bayon qildi

Erdogʻan qaysi safda ekanligini aniq bayon qildi

Turkiya hukumati Vashington bilan ittifoqdoshlik, Rossiya bilan sherikchilik va Eron bilan hamkorlikni mahkam ushlaydi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan payshanba kuni temir yoʻl loyihasi ochilish marosimida ushbu daʼvoni koʻtarib chiqdi. Uning taʼkidlashicha, Xitoy, Eron va Rossiya bilan boʻlayotgan aloqalar Gʻarb bilan boʻlayotgan aloqalarning oʻrnini bosa olmaydi.

“Biz AQSh bilan ittifoqchiligimizni hech qachon buzish niyatimiz yoʻq. Ayni paytda Rossiya bilan sherikchiligimizni va Eron bilan hamkorligimizni ham davom ettiramiz”, dedi Erdogʻan.

“Habertürk” axborot agentligining bir guruh jurnalistlarga intervьyu bergan AQSh rasmiysi ham Turkiya va Amerika rahbarlari oʻzaro munosabatlarni rivojlantirishga intilayotganligini bildirdi.

“Buyurtma yuqoridan, yaʼni Trampdan keladi. Turkiya va AQSh bir yarim asrdan ortiq davrdan buyon NATOdagi ittifoqdoshlardir. Bu holat oʻzgaradi yoki Turkiya AQShdan boshqasini afzal koʻradi, deb oʻylamayman. Turkiya va AQSh oʻrtasida koʻplab sohalarda, xususan terrorga qarshi hamkorlik davom etmoqda. Razvedka maʼlumotlarini almashish va diplomatiya borasida jiddiy hamkorliklar qilindi. Toʻgʻri, Turkiya Rossiya bilan ham hamkorlik qilmoqda, lekin bu muzokaralarni ittifoqdoshlik deyilmaydi”, dedi oʻz nomini oshkor qilishni istamagan AQSh rasmiysi.

Shuningdek Erdogʻan Suriya barcha uchun xavfsiz mintaqaga aylangunigacha Turkiya u yerdagi mavjudligini saqlab qolishiga urgʻu berdi.

 “Asad rejimini qoʻllab-quvvatlayotganlarning barchasi xato qilmoqda. Shuningdek (PYD) terrorchi tashkilotini qoʻllab-quvvatlayotganlar ham xatoga yoʻl qoʻymoqda. Ammo biz oxirigacha bu ikki hatoga qarshi turishda davom etaveramiz. Biz Suriya va Iroqda bu oʻyin toʻxtatilishini va yuzlardagi niqoblar tushirilishini xohlaymiz”, deya qoʻshimcha qildi Erdogʻan.

Biroq Erdogʻan (PYD) terrorchi tashkiloti, “Turkiyaning ittifoqdoshi” AQSh tarafidan qoʻllab-quvvatlayotganligiga, Asad rejimi esa “Turkiyaning sherigi va hamkori” Rossiya va Eron tarafidan qoʻllab-quvvatlanayotganligiga, toʻxtalmadi.

Turkiston:

Erdogʻan shu ketishida davom etib boraversa, tarixda ikkiyuzlamachi, xoin va munofiqtabiat siyosatchilar qatorida yozilib qoladi!

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.