AQSh Turkiyaga S-400larni harid qilishni tavsiya qilmaydi

499
0

AQSh Turkiyaga S-400larni harid qilishni tavsiya qilmaydi

Vashington Ankaraga Rossiyaning S-400larini xarid qilishni maslahat bermaydi va Turkiyaga alьternativ zenit raketa majmualarini taklif etishga tayyor, deb bayonot qildi AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis.

 “Hozir shunday holat roʻy beryaptiki, hududlardan biriga umuman bir-biriga zid raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini olib kirilmoqda. Va bu holat NATO manfaatlariga xizmat qilmasligi shubhasiz”,- degan u vakillar palatasining qurol-yarogʻlar boʻyicha qoʻmitasida boʻlib oʻtgan eshituvda.

 Shu bilan birga Pentagon rahbari, Vashington Anqara bilan muzokaralar oʻtkazayotganini va Turkiyaga Shimoliy alьyans standartlariga muvofiq tizimlarni yetkazib berishga tayyorligini qayd etgan, deb yozadi RIA Novosti.

 Ilgariroq Rossiya va Turkiya S-400ni yetkazib berilishini tezlashtirishga kelishib olgani haqida  maʼlum boʻlgan edi. Bu qaror Vladimir Putinning aprelь oyida Toyyib Erdogon bilan oʻtkazgan uchrashuvi yakunida qabul qilingan. Ikki davlat yetakchilari shuningdek, ZRK ustida istiqbolda birgalikda ish olib borish hamda majmualarga hamkorlikda xizmat koʻrsatish masalalarini ham muhokama qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.