Xalifalik agʻdarilishining 97 yilligi xotirasi

932
0

Xalifalik agʻdarilishining 97 yilligi xotirasi

Rajab oyida musulmonlar Xalifalik davlatini yoʻqotganlariga toʻqson yetti yil boʻldi. Rosululloh sallollahu alayhi va sallam imom Buxoriyning Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisida

وَإِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ

“Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”, dedilar.

 Xalifa yoʻq boʻlgan kundan boshlab, yeb toʻymas ochofatlar oʻz tovogʻiga tashlangani kabi dunyoning barcha tomonidan musulmonlar ustiga tashlanishdi, shariatimiz ahkomlarini bekor qilib, boshimizga ne-ne balolar yogʻdirishmadi… bir butun davlatimizni mayda davlatchalarga boʻlib tashlashdi, boyliklarimizni talon-taroj qilishdi, qonlarimizni daryo qilib oqizishdi, ikki qiblamizning birinchisini, Rosululloh sallollahu alayhi va sallamning Isro va Meʼroj oʻrinlarini toptashdi, ularning zulm va qirgʻinlariga duchor boʻlmagan musulmon qolmadi. Zulm, qiynoq va qatliomlar Suriya, Iroq, Sharqiy Turkiston, Birma va Markaziy Afrikadan tortib, boshqa yurtlarimizdagi barcha musulmonlargacha yetib bordi.

 Shu kunlarda kufr mustamlakachilari qoʻshni Afgʻoniston zaminida sunʼiy vahimani paydo qilish orqali Markaziy Osiyoda ham Islom va musulmonlarga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqishmoqda. Xususan, mastamlakachi davlatlar “Moʻʼtadil Islom” loyihasiga yoʻl ochish maqsadida mabdaiy daʼvat yukini koʻtarib chiqqan daʼvatchilarga qarshi kurashni kuchaytira boshlashdi. Bu kurashda rasmiy hukumatniing zulmlari ojiza ayollarni ham chetlab oʻtmadi. Ojiza ayollarni tergovxonalarda tahqirlash va hatto zoʻrlash bilan tahdid qilib, koʻp bolali ayollarni qamoqqa tashlashdan tap tortmay qoʻydi. Markaziy Osiyo davlatlarining malay hokimlari saqol, hijobga qarshi keng koʻlamli kampaniya boshlab, masjidga kirishni maʼlum yoshga cheklashgan boʻlsa, maktab oʻquvchi qizlariga roʻmol oʻrash taqilandi. Malay hukumdorlar Islomga qarshi kurashda faqat shu bilan cheklanib qolmay, hatto musulmonlarga oʻz farzandlariga islomiy ismlar qoʻyishni man qilishgacha yetib borishdi…

 Musulmonlar nafaqat xorlik, xoʻrlik, tang-baxtsizlik ahvoliga tushib qoldilar, balki ularning sanoqlari juda koʻpligiga qaramay, xuddi ochofat boʻrilar qurshoviga tushib qolgan qoʻzichoqlar kabi chor atroflaridan hamma xalqlar yopirilib talayotgan oʻljalarga aylanib qoldilar. Mana, bugun ularning yurtlari parchalandi, hurmatlari kamsitildi, nomuslari toptaldi, muqaddas narsalari oyoq osti qilindi, boyliklari talon-taroj qilindi, oʻrtalariga sunʼiy chegaralar tortildi, hayotlaridan Allohning shariati olib tashlandi, ularning ustiga gʻarbparast, oʻz xalqi manfaatlaridan yuz oʻgirib, mustamlakachi davlatlar manfaatlarini himoya qiluvchi malay hokimlar hukmron boʻlib oldi… Biz bugun Rosululloh sallollahu alayhi va sallam haq-rost aytganlaridek, xuddi selning koʻpigiga oʻxshab qoldik!!!

 Garchi kofir davlatlar oʻn toʻqqizinchi asrda fikriy urushni boshlab, musulmonlarga Islom fikrlarini buzib koʻrsatish orqali oʻnlab yillar mobaynida Xalifalikka zarba berishgan boʻlsa-da, Allohning fazlu karami ila, bugun Xalifalikni talab qiluvchi ovozlar baralla yangramoqda. Indoneziyadan to Malayziyagacha, Pokistondan Turkiyagachaga, Shom, Livan Falastinda to Markaziy Osiyoga qadar barcha islomiy yurtlarimiz Hizb ut-Tahrir aʼzolari olib borayotgan faoliyatlar va tadbirlarga guvoh boʻldi.

 Zotan, oʻz hokimiyatiga ega Xalifalik davlatisiz hayotda Islom boʻlmaydi. Ushbu davlat Islom shariati bilan hukm yuritib, Alloh halol qilganki narsani halol, Alloh harom qilganki narsani harom qiladi, musulmon va gʻayrimusulmon doxil oʻz fuqarosiga sharʼiy ahkomlar bilan gʻamxoʻrlik qilib, adolat, xavfsizlik va tinchlik ulashadi. Barcha insoniyat Islom nuri va hidoyati soyasidan bahra olib, xalqaro mustamlakachilik zoʻrlab oʻrnatgan repressiv rejimlar olovida jizgʻinak boʻlishdan xalos boʻladilar. Islom Ummati ilgari boʻlganidek, yana insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummatga, rabboniy risolaga ega Ummatga aylanadi. Bu Ummat buzuq va buzgʻunchi moddiy hazoratga tobelik gʻuborlarini egnidan qoqib tashlab, uning iflosligi va balolaridan butun bashariyatni xalos etishga kirishadi, ularni Islom adolati va rahmatiga burkaydi.

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُم فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمْ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الْفَاسِقُونَ

 “Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan (Islom) dinini gʻolib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan soʻng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (vaʼda)dan keyin kufroni (neʼmat) qilsa, bas ular fosiqlardir”         [Nur 55]

Rosululloh sallollahu alayhi va sallam bunday marhamat qildilar:

 “Alloh erni menga yigʻib koʻrsatdi, shunda uning kun chiqishidan kun botishigacha barcha joylarini koʻrdim. Aniqki, Ummatim mulki menga yigʻib koʻrsatilgan joylargacha yetib boradi”.

Hizb ut-Tahrir Qirgʻiziston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.