Ular Allohning nurini ogʻizlari bilan oʻchirmoqchi boʻladilar

Matbuot bayonoti

 يُرِيدُونَ لِيُطْفِئُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ 

“Ular Allohning nurini ogʻizlari (yaʼni behuda gaplari) bilan oʻchirmoqchi boʻladilar, Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, Oʻz nurini toʻla yoyguvchidir”

2018 yil 5 aprel payshanba kuni Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining 32­yigʻini boʻlib oʻtdi. Yigʻin soʻnggida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari general Sergey Smirnov bunday dedi: “Bizning fikrimizcha, Hizb ut­Tahrir al-Islomiy oʻz xatti­harakatlari, mafkurasi nuqtai nazaridan eng xavfli. Shuning uchun ham u terroristik tashkilot, deya koʻriladi”.

Uning taʼkidlashicha, Toshkentdagi yigʻin davomida Hizb ut-Tahrir al-Islomiy bilan kurash harakatlari algoritmini ishlab chiqish haqida qaror qabul qilingan.

“Bu – tegishli organlar, yaʼni u yoki bu mamlakat maxsus xizmatining ish algoritmidir”, – deya aniqlik kiritdi Smirnov.

General Smirnov bu gaplari bilan kundan­kunga rivojlanib borayotgan Islom daʼvatini bostirishda Rossiyadagi stalincha jinoyatkor rejimning naqadar ojiz ekanini eʼtirof etmoqda. Buning hech ajablanarli joyi yoʻq. Chunki islomiy daʼvat – ezgulik risolasini butun dunyoga ulashishga harakat qilayotgan rossiyalik moʻminlar qalblari toʻridan joy olgan boʻlib, hatto kufr zulmatida yurgan rossiyalik yuzlab va minglab insonlar ham Allohning diniga toʻp­toʻp boʻlib kirib kelmoqdalar. Rus rejimi Islom aqidasi nurini toʻsishga boʻlgan urinishlarida omadsizlikka yuz tutgan ekan, Smirnovning bunaqangi qirgʻin, tahdid va terror texnikasi bilan maqtanishi kulgili holdir.

Olam oʻtmishda yirik harbiy ittifoqlar tuzilishiga ham guvoh boʻlgan. Masalan NATOga qarshi kurashish uchun tuzilgan Varshava shartnomasi kabi. Biroq general Smirnov Hizb ut­Tahrir mafkurasi juda ham xatarli ekanini aytar ekan, bu bilan uning oʻzi ham, jinoyatkor stalincha rejimdagi uning hamkasblari ham – garchi kommunizm zulmatidan kapitalizmning buzuqligiga oʻtishgan boʻlsa-da – borliq, hayot haqida sogʻlom aqidaga ega emasliklarini tan olyapti. Chunki ushbu har ikkala sistema ham botil asosga qurilgan boʻlib, oʻrgimchak toʻridan ham zaifdir. Agar ularda bir ozgina aqliy va fikriy hujjat boʻlganda edi, hujjatga qarshi hujjat bilan kurashishgan boʻlardi. Biroq ular oʻzlaridan avvalgi togʻutlar singari hujjatga qarshi hujjat bilan emas, balki qotillik, zulm va taʼqiblar bilan qarshi kurashishmoqda. Ushbu islomiy aqida Allohning naqadar ajoyib neʼmati boʻlgani bois, anavi kimsalar ushbu aqidamizga va uning pokdomon farzandlariga qarshi makr-adovat qilish sari bir-birlarini chorlashmoqda.

Maʼlumki, ShHT tashkilotiga aʼzo davlatlar aholisi jahon aholisining yarmidan koʻpini tashkil qiladi. Shunday ekan, haqli bir savol tugʻiladi: nahotki islomiy aqida ayni davlatlar butun kuch­qudratini safarbar qiladigan darajada xavfli boʻlsa? Biz bilamizki, Hizb ut­Tahrir son­sanoqsiz qoʻshinga, avianosetslarga hamda oʻnlab va yuzlab milliard dollarlik harbiy byudjetga ega emas. U holda, nega bular – Alloh Azza va Jallaga boʻlgan imonidan hamda Uning dini yoʻlida molu jonlarini fido qilishdan oʻzga quroli boʻlmagan – Hizb va uning pokdomon farzandlariga qarshi bunchalar makr­adovat qilmasa?!

Eng yomon va alam qiladigan narsa – Qirgʻiziston va Qozogʻistondagi hamda 2017 yil iyunda ayni tashkilotga aʼzo boʻlgan Pokistondagi oʻzlarini musulmonlar hukmdorlari deb daʼvo qilayotgan kimsalarning “terrorizmga qarshi kurash”ga zoʻr ishtiyoq bildirishayotganidir!

Bu razil kimsalar oʻzlaridan oldingi oʻtgan togʻutlarning qismatidan ibrat olmayaptilar:

 أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ كَانُوا أَكْثَرَ مِنْهُمْ وَأَشَدَّ قُوَّةً وَآثَارًا فِي الْأَرْضِ فَمَا أَغْنَى عَنْهُمْ مَا كَانُوا يَكْسِبُونَ 

“Axir ular yer yuzida sayru-sayohat qilib, oʻzlaridan avvalgi kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganini (ular qanday qismatga yoʻliqishganini koʻrsalar boʻlmaydimi)?! Ular bulardan koʻra koʻproq hamda kuch-quvvat va yerdagi osori atiqalari jihatidan zoʻrroq edilar. (Ammo) ularga topgan (molu-dunyolari ham, kuch-quvvatlari ham) asqotgani yoʻq” [Gʻofir 82]

Ey Islom Ummati!

Bu xushxabardan shodlaning. Oʻzingiz koʻrib turibsizki, zamonamizning eng zoʻravon kofirlari ham sizning yeru osmonni ushlab turgan haq aqidangiz oldida hech qanday kuch-qudratga ega emasliklarini tan olishyapti. Shunday ekan, keling, Hizb ut­Tahrir aʼzolari bilan birgalikda harakat qilib, dinimizga yordam beraylik va Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilaylik. Toki, Islom quyoshi uzoq vaqt zulmatlarda qolgan bashariyatga ziyosini taratsin, Allohning izni ila, Islomning adolat va rahmat soyasi ostida shod­hurramlik tongi otsin.

 وَاللهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يَعْلَمُونَ 

“Alloh Oʻz ishida gʻolibdir. Lekin odamlarning koʻplari (buni) bilmaydilar” [Yusuf 21]

Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi raisi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.