Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegara xizmati rahbarlari uchrashishdi

1499
0

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegara xizmati rahbarlari uchrashishdi

 Oʻzbekistonning Namangan viloyati Zarkent qishlogʻida Qirgʻiziston Davlat chegara xizmati raisi polkovnik Ularbek Sharsheyev va Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari – chegara qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Ruslan Mirzayevning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Knews” xabar qildi.

 Muzokaralar davomida chegara xizmatlari rahbarlari davlat chegarasining Qirgʻiziston-Oʻzbekiston uchastkasidagi vaziyatni muhokama qilishdi. Tomonlarning fikricha, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegara mahkamalari tomonidan avval erishilgan alohida protokol qarorlari toʻla hajmda bajarilmayapti va qirgʻiz-oʻzbek munosabatlarining yangi darajasini hisobga olgan holda toʻldirilishi lozim.

 Shundan soʻng ikki respublikaning chegara delegatsiyalari Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati Aksi tumani Mamay qishlogʻidagi voqea joyiga kelishdi, bu yerda chegara tumanlari maʼmuriyatlari rahbarlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan 7 aprelь kuni yuz bergan voqea joyi koʻzdan kechirildi.

 Shu bilan birga, Qirgʻiziston tomoni 2018 yilning boshidan beri qirgʻiz-oʻzbek davlat chegarasida oʻzbek harbiy xizmatchilarining qurol qoʻllashi bilan yuz bergan ikki hodisaga Oʻzbekiston delegatsiyasi eʼtiborini tortgan.

 Uchrashuv davomida tomonlar chegara naryadlari tomonidan qurol qoʻllanilishi eng soʻnggi chora ekani, shuning uchun chegarachilar koʻrib turganida davlat chegarasini bexosdan buzish holati yuz berganida, harbiy xizmatchilar tomonidan qurol qoʻllanishi qatʼiy taqiqlanganini taʼkidlashdi.

 7 aprel kuni Mamay qishlogʻida roʻy bergan hodisani barcha tomonlama surishtiruvdan oʻtkazish maqsadida qoʻshma ishchi guruhi tashkil etildi, uning tarkibidan Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati boʻyicha va Oʻzbekistonning Sharqiy yoʻnalish boʻyicha chegara vakillari, shuningdek, chegaraoldi hududlar tuman maʼmuriyatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, prokuratura va kadastr xizmatlari rahbarlari joy oldi.

 2018 yil aprel oyining uchinchi oʻn kunligida Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegara vakillari apparatlarining kengaytirilgan yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan, unda chegaraoldi hamkorligi masalalari muhokama qilinadi.

 Chegara mahkamalari rahbarlari amaliy uchrashuv yakunlari boʻyicha bayonnoma imzolashdi, unda chegara masalalari boʻyicha hukumatlararo Kelishuvlarga qatʼiy rioya etish, uni amalga oshirish, ikki davlat chegara mahkamalari rahbarlari tomonidan avval erishilgan qarorlar va kelishuvlarni bajarish majburiyati bor.

Turkiston:

Oʻzbekistonda koʻzboʻyamachilik loihasi bilan olib borilayotgan inqilobiy islohotlarning haqiqiy basharasi ochilib boryapti. Mirziyayev boshlagan inqilob harakat aslida Karimov rejimining quvvati boʻlgan yetakchi guruh vakillari tomonidan uyushgan holda, atayin olib borilmoqda. Bunga dalil sifatida Inayatovni MXX yetakchiligidan ketishi bilan senatdan oʻrin berilib, daxlsizlikka ega boʻlganinini keltirish mumkin. Shu kunlarda Inayatovga prezident tomonidan Oʻzbekiston boʻyicha baliq ishlab chiqarish sohasini nazorat qilish vazifasi topshirildi. 2017 yil yanvar oyida, Karimov rejimining tayanch figuralaridan yana biri boʻlgan Rustam Azimovga mamlakatning tovuq xoʻjaligining nazorati topshirilganida, prezidentning oʻzi shu sohani rivojlantirish uchun har bir fuqoro 100 tadan tovuq sotib olishni deyarli buyurgan edi. Demak rejim oʻzini oʻzi reobilitatsiya qilib, yangi koʻrinish olib boryapti!

Oʻzbek rejimi vakillari milliardlagan dollarlarni oʻzlashtirib olishdi. Endi Mirziyayev mamlakatda yetarli obruyga ega boʻlib olishi uchun ana oʻsha kimsalar millionlagan dollarlarini sarflab boʻlsa ham, xotirjamliklarini va milliardlarini saqlab qolishmoqchi. 45 kunda Jizzaxdagi Qirgʻiz qishlogʻini tanib boʻlmaydigan darajada rekonstruktsiya qilib yuborish kabi ishlarga oz muncha xarajat ketgan emas. Mirziyayevning mamlakat boʻylab bu kabi tainsiz xarajatlari juda koʻpayib boryapti. Shularning barchasi, oʻsha eski rejim vakillari tomonidan, yangi rejimni ham oʻz qoʻllari ostida ushlab qolish evaziga dastaklab borilyapti.

Shu bilan bir qatorda, mamlakat fuqorolariga ham erkinlikka oʻxshash sunʼiy holatlar paydo qilib borilyapti. Albatta bu nazorat ostidagi erkinliklar muayyan miqdorda chagaralangan. Rejim MXX bosimi va nazorati ostidan, vaqtincha hokimiyat adminstratsiyasi qoʻli ostiga oʻtkazib turiladigan boʻldi. Bu erkinlik, avvalom bor faqat xalqaro siyosatni xotirjamligi uchun kerak. Lekin Gʻarb Mirziyayev rejimidan Yevropadagi gʻarbparast muxolifot kuchlarini mamlakatga qaytarish bilan islohotlarni davom ettirishni taklif qilayapti. Bu talablar Mirziyayev rejimi uchun oʻta xavfli ekanligi bois yetakchi guruh bu yoʻlga bora olmaydi. Shuning uchun Mirziyayev yana xavfsizlik masalasini avvalgi oʻringa olib chiqishga majbur boʻladi. Bu ishlarda Inayatov singari tajribali va taʼsirli shaxslarning roli katta!

Bundan tashqari Mirziyayev Qirgʻiziston va boshqa qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro iqtisodiy va siyosiy muomilalarni ham juda ildamlik bilan kuchaytirib boryapti. Lekin chegaralarni haddan tashqari ochilib ketishi ham xavfsizlikka tahdid soladi. Shuning uchun endi Mirziyayev reformalarini bir oz sekinlashtirish bilan xavfsizlik masalasini yana kuchaytirishga kirishadi. Buning uchun u Karimovning 16 fevral voqeʼasi singari uslublardan foydalanishdan oʻzga chorasi yoʻq. Kechagi chegarada birin ketin ikki Qirgʻiz fuqorosining otib oʻldirilishi ham, xavfsizlik maslahatchisi T Mamitov aytganidek “insoniy tasodifiy faktor” emas….

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.