Jeenbekov Turkiyaga joʻnab ketdi

Jeenbekov Turkiyaga joʻnab ketdi

 Qirgʻiziston prezidenti Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bormoqda. 9 aprel kuni Bugun Sooronbay Jeenbekov Anqaraga uchib ketdi.

 U Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Erdoʻgʻan bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Tomonlar investitsiyalar, metrologiya, sportga aloqador qator hujjatlar imzolashni rejalashtirmoqda.

 Kutilishicha, muzokaralardan soʻng ikki davlat rahbari matbuot uchun qoʻshma bayonot bilan chiqadi.

 10 aprel kuni, Sooronbay Jeenbekov Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bilan uchrashadi.

Sooronbay Jeenbekovning Turkiyaga tashrifidan koʻzlangan asosiy maqsad – oliy darajada siyosiy muloqotni yoʻlga qoʻyish. Bu haqda uning matbuot xizmati vakili xabar bergan.

 “Tashrif oliy siyosiy muloqotni oʻrnatish, Qirgʻiziston-Turkiya hamkorligining dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashishni yoʻlga qoʻyish, Turkiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va har tomonlama chuqurlashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda”, – deya aytib oʻtgan agentlik suhbatdoshi.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.