Gʻuta bolalari, xalqaro tashkilotlar jadvalida ortib borayotgan raqamlar

1138
0

Gʻuta bolalari, xalqaro tashkilotlar jadvalida ortib borayotgan raqamlar

Rossiya aviatsiyasi bilan qoʻllab-quvvatlangan Suriya rejimi kuchlari Sharqiy Gʻutani uchta asosiy jang maydoniga boʻlib olib, 18 fevraldan buyon u yerda shiddatli hujumlarini amalga oshirib kelmoqda. Buning natijasida poytaxt Damashq yaqinidagi mintaqa maydonining 80 %dan koʻprogʻini oʻz nazoratiga olishga erishdi. Zero, bu mintaqa 2012 yildan buyon muxolafatchi guruhlarning asosiy tayanch nuqtasi boʻlib kelayotgan edi.

Suriyadagi inson huquqlari observatoriyasining bildirishicha, oʻtgan seshanba yarim tundan keyin Sharqiy Gʻutaning Arbin shahriga qarshi harbiy uchoqlarning shiddatli hujumi va raketa hujumlari amalga oshirilgan. Bu hujumlarda 20 nafar tinch fuqaro halok boʻlib, oʻnlab fuqaro yaralandi. Halok boʻlganlarning 16 nafari yosh bola, 4 nafari ayollardir. Yaralanganlarning barchasi ayollar va yosh bolalarni tashkil qiladi. Ular tasodifiy havo hujumidan qochib, yuzlab kishining panoh joyiga aylangan maktab yertoʻlasida himoyalanishgan edi. Chunki hujumlar ularning bunday fojiali ahvoliga parvo qilmay shafqatsizlarcha amalga oshirilmoqda.

Arbin shahridagi inson huquqlari idorasi mart oyi davomida Sharqiy Gʻutaning shahar va qishloqlari guvoh boʻlgan harbiy hujumlar davomida 98 nafar tinch fuqaro halok boʻlganini hujjatlashtirdi. Zero, yarim soat ichida oʻnta portlovchi bochka tashlangani qayd etilgan.

Suriyadagi inson huquqlari observatoriyasiga koʻra, harbiy vaziyat keskin tus olganidan beri 1450 nafar tinch fuqaro oʻldirilgan va ularning orasida taxminan 300 nafar yosh bola bor. BMT bolalar jamgʻarmasi YuNISEFning bildirishicha, 2017 yili halok boʻlgan bolalar soni oʻtgan yillarga solishtirganda ikki barobar koʻp boʻldi. Suriyada qoʻzgʻolon boshlanganidan buyon halok boʻlgan bolalar soni yildan yilga ortmoqda. Xalqaro tashkilotlar esa, halok boʻlganlarni faqat raqam sifatida qayd etishdan boshqa narsaga yaramaydi. Insoniylik, rahm-shafqat, degan narsalar ularga mutlaqo yot.

Saudiya oilasi hukmdorlari Husiylarga qarshi jang qilish va Eronning mintaqaga hujum qilishiga toʻsiq qoʻyish bahonasida harbiy bitimlarni imzolab millionlagan dollarlarga qurollarni sotib olishayotgan bir paytda, Arbin shahri Sharqiy Gʻutaning boshqa shaharlari kabi fojiali vaziyatga duch kelmoqda. Shuningdek, Turkiya hokimining Suriyadagi Zaytun novdasi amaliyotini Iroq hududlarigacha choʻzilgan kurdlar nazoratidagi boshqa mintaqalargacha kengaytirishga vaʼda berayotganini ham koʻrib turibmiz.

Ey Gʻutadagi dindosh birodarlar, sizlarning jafo chekkan shahringiz Erdogan milliy xavfsizligini himoya qilish uchun oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan demografik xaritaga tushmaganidan achinmoqdamiz. Yana bir achinarli hol shuki, Saudiya oilasi hukmdorlari xoʻjayinlari Amerikaga xizmat koʻrsatish uchun Yamandagi urushga harbiy kuchlarini safarbar qilmoqda va bu kuchlarini turli ogʻir qurollar bilan qurollantirmoqda.

Ey musulmonlar shuni bilingki, ozodlikka erishish va zulmni bartaraf etishning birinchi qadami yurtlarni anavi hokimlardan ozod qilishdan boshlanadi. Oʻshanda bosib olingan va boshqa yurtlar hamda armiyada gavdalangan kuchlaringiz ozod boʻladi. Sizlarni shu armiya himoya qilib, or nomusingiz va bolalaringiz hayotini himoya qilishda oʻz rolini ado etadi.

Biz oʻz xitobimizni oʻsha armiyalarga yoʻllaymiz va ularni azizlikka, najotga hamda Ummatni xalos etishga chaqiramiz. Ularga shunday xitob yoʻllaymiz: Diningiz loyihasiga yordam koʻrsatish uchun hokimlaringizni agʻdaring. Bilingki, bu malay hokimlarga itoat qilishingiz hamda Falastin, Shom, Afgʻoniston, Birma va bulardan boshqa yurtlarda musulmonlar uchragan zulmlarga sukut saqlab turishigiz ogʻir gunohdir. Alloh Taolo aytadi:

 وَإِنِ اسْتَنصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ 

“Agar ular din yoʻlida sizlardan yordam soʻrasalar, yordam qilish zimmangizdadir” [Anfol 72]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.