Qirgʻiziston prezidenti Turkiya va Belьgiyaga safar qiladi

895
0

Qirgʻiziston prezidenti Turkiya va Belьgiyaga safar qiladi

 24.kg nashrining xabar qilishicha, Qirgʻiziston prezidenti Sooranboy Jeenbekov 9-10 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiyaga boradi. Bu haqida 6 aprel kuni matbuot konferentsiyasida davlat rahbari apparatining tashqi siyosat boʻlimi rahbari Doniyor Sodiqov maʼlumot berdi.

 Qirgʻiziston prezidenti Anqarada Turkiya davlat rahbari Rajab Erdoʻgʻan va bosh vazir Binoli Yildirim bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Tashrifdan maqsad – yuqori siyosiy muloqotning yoʻlga qoʻyilishi va savdo-iqtisodiy aloqalarning kengaytirilishi.

 Tomonlar investitsiyalar, metrologiya va sportga doir qator hujjatlarni imzolashni rejalashtirmoqda.

 Sooranboy Jeenbekov Turkiyadan Bryusselь (Belьgiya) tomon yoʻl oladi. 11-12 aprel kunlari u Yevroittifoq tuzilmalari vakillari bilan uchrashadi. Qirgʻiziston Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikka ustuvor ahamiyat bermoqda. Qirgʻiziston prezidenti YeI rahbariyati bilan shaxsiy aloqalarni oʻrnatish niyatida.

 Hozirda Qirgʻiziston va Yevroittifoq vakillari oʻrtasida yangi uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi tuzilishiga doir muzokaralar olib borilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.