Kim Chen In Xitoy yetakchisi bilan Pekinda uchrashdi

408
0

Kim Chen In Xitoy yetakchisi bilan Pekinda uchrashdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoyga rafiqasi bilan tashrif buyurib, XXR raisi Si Tszinьpinni qayta saylangani bilan shaxsan tabrikladi va Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda “Sinьxua” agentligi xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, ikki mamlakat yetakchisi jahon va mintaqadagi hozirgi siyosiy vaziyat, shuningdek, KXDR hamda Xitoy oʻrtasidagi munosabatlarni muhokama qilgan.
“Biz KXDRdan boʻlgan doʻstlarimiz bilan hamkorlik qilishni xohlaymiz, bu kelajakka birga intilish uchun kerak – shu tariqa biz mamlakatlar oʻrtasidagi uzoq muddatli va sogʻlom munosabatlarga koʻmak koʻrsatamiz hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaati uchun ishlaymiz, shuningdek, mintaqadagi tinchlik, barqarorlik hamda rivojlanish asoslarini yoʻlga qoʻyamiz”, – deya aytib oʻtdi Si Tszinьpin.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Kim Chen In AQSh yetakchisi Donalьd Tramp bilan uchrashishga tayyor ekanini yana bir marta tasdiqlagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.