Qirgʻiziston Afgʻoniston bilan uch tomonlama konsortsium tuzishni taklif qildi

Qirgʻiziston Afgʻoniston bilan uch tomonlama konsortsium tuzishni taklif qildi

 Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Tinchlik jarayoni xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferentsiya davomida Afgʻoniston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasida agrosanoatni rivojlantirish boʻyicha uch tomonlama konsortsium tuzish va mashinasozlikni rivojlantirish takliflari bildirildi.

 “Biz sanoatni rivojlantirish va ijtimoiy masalalarda yaqindan hamkorlik qilish Afgʻoniston uchun faqat foyda keltiradi, deb bilamiz. Shu tufayli, Tojikiston ishtirokida Qirgʻiziston va Afgʻoniston oʻrtasida uch tomonlama agrosanoatni rivojlantirish boʻyicha konsortsium tuzishni taklif qilamiz. Shuningdek, bosh shtabi Bishkek shahrida ish olib boruvchi Afgʻoniston masalalarini tadqiq etuvchi markazni ishga tushirish lozimligini aytmoqchiman. Bu markaz Afgʻoniston, shu jumladan butun mintaqa uchun dolzarb boʻlgan masalalarni hal qilish uchun noyob maydon boʻlishi mumkin. Ushbu loyihani hamkorlikda amalga oshirish boʻyicha istak bildirgan tomonlarning takliflarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Afgʻoniston tiklanishi uchun taʼlim va madaniyat sohalari oʻta muhim oʻringa ega. Afgʻonistonda malakali kadrlarga ehtiyoj mavjud. Bugungi kunda uch yuzdan ortiq afgʻonistonlik yoshlar Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalarida tahsil olmoqda. Oʻylaymanki, bu tajriba boshqalar uchun ham foydali boʻladi”, – dedi Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.