AQSh va Xitoy oʻrtasida savdo urushi boshlanmoqda

1163
0

AQSh va Xitoy oʻrtasida savdo urushi boshlanmoqda

 Pekin AQShning Xitoydan kelayotgan tovarlarga baʼzi cheklovlar kiritish haqidagi qarori tufayli Xitoy manfaatlariga yetkazilgan zararni minimallashtirish uchun baʼzi Amerika tovarlariga javob bojini kiritish mumkin.

 Hozircha esa, Xitoy hukumati Vashingtonni savdo boʻyicha nizoni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga chaqirmoqda.

 XXR savdo vazirligi juma kuni xabar qilishicha, mamlakat rahbariyati Amerikadan keltiriladigan choʻchqa goʻshtiga 25 foizli boj, shuningdek, AQShdan keltiriladigan mevalar, vino va poʻlat quvurlarga 15%li boj kiritishni rejalashtirmoqda. Yigʻindi summada bu Xitoy byudjetiga 3 milliard dollar atrofida mablagʻ olib kelishi kerak, deb xabar bermoqda “Nemis toʻlqini”.

 Payshanba kuni AQSh prezidenti Donalьd Tramp Xitoy tovarlariga baʼzi boj va cheklovlar kiritish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bojlarga taalluqli boʻlgan tovarlar roʻyxatini ikki hafta ichida tayyorlashadi. Prezident Qoʻshma Shtatlarga Xitoy investitsiyalarini cheklash toʻgʻrisida choralar ishlab chiqishga ham topshiriq berdi. Amerikaning yangi bojlaridan Xitoyga yetadigan zarar 50 million dollar atrofidagi summani tashkil qiladi, deb bayon qilishdi Oq uydagilar.

 9 mart kuni Tramp poʻlat va alyuminiyga import bojlarini tasdiqladi. Bunga javoban Yevropa Ittifoqi javob choralari koʻrishga vaʼda berdi, lekin AQSh Bryusselь va bir qator davlatlarni yangi bojlarning taʼsiri ostidan vaqtincha chiqarib qoʻydi.

 Trampning qarori savdo urushiga sabab boʻlish ehtimoli sababli Yevropa Ittifoqi, Kanada, Xitoy va hatto AQShning oʻzida qattiq tanqidlarga sabab boʻlmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.