Afgʻoniston boʻyicha Toshkent anjumanida AQSh tomonidan Tomas Shennon qatnashadi

Afgʻoniston boʻyicha Toshkent anjumanida AQSh tomonidan Tomas Shennon qatnashadi

AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Tomas Shennon 26-27 mart kunlari Toshkentda oʻtkaziladigan Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi.

“AQShning Toshkentdagi Elchixonasi rasman maʼlum qilishicha, Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiyada AQSh delegatsiyasiga Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Tomas Shennon rahbarlik qiladi. Shuningdek, Toshkent forumida Yaponiya tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi, Elchi Hiroshi Takahashi boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etishini maʼlum qilamiz”,- deyiladi xabarda.

 Oʻzbekiston TIV maʼlumotlariga koʻra, Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga bagʻishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun YeI tashqi siyosat xizmati rahbari, BMT Bosh kotibi, Xitoy Tashqi siyosat muassasasi rahbari taklif etilgan. Rossiya delegatsiyasi mamlakat TIV rahbari Sergey Lavrov boshchiligida tashrif buyuradi.

Turkiston: 

Afgʻonistonni barqarorlashtirish boʻyicha Toshkent anjumani, aslida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarini vahimaga solish va ularni Afgʻonistonda xalqaro siyosat tomonidan sunʼiy paydo qilib kelinayotgan fitnakashlik urushlarida aralashishga jalb qilish maqsadida uyushtirilmoqda.

Do'stlaringizga yuboring

SHARH QOLDIRISH

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.