Qoʻlga tegmagan stanok savdosi haqidagi savolga javob

916
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

Abu Ehson Manasra (Abu Ihsan Manasra)ning qoʻlga tegmagan stanok savdosi haqidagi savoliga javob

Savol:

Qadrli shayximiz, assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Aqdlar bilan bogʻliq oʻzimning shaxsiy savolimga javob berish bilan ikrom koʻrsatsangiz, degandim.

Mening 400 kvadrat metrli ishxonam bor va u yerda duradgorlik stanogim ham joylashgan. Bir kishi kelib, stanogimni sotishni soʻragan edi, unga sotdim. Keyin u ishxonamni ijaraga berishimni, u sotib olgan stanok ham oʻsha yerda qolishini soʻradi, undan shu ishxonada foydalanadigan boʻldi. Oʻzaro shunga kelishdik. Yaʼni, stanok koʻchirsa boʻladigan narsa. Shunday boʻlishiga qaramay, uni sotib olgan kishi uni olib ketmay, mendan ijaraga olgan ishxonada qoldirdi. Maʼlumki, ishxona kaliti shu ijaraga olgan kishida boʻlib, u ishxona manfaatidan foydalanishga hamda va u yerga hech qanday talafot-zarar yetkazmagan holda erkin tasarruf qilish huquqiga ega.

Bizning oʻrtamizda boʻlgan aqd – stanok olib ketilmasa ham, sharʼiy shartlari topilgan aqd hisoblanadimi??

Yoki stanok – uni sotib olgan kishi tomonidan ijaraga olingan ishxonada qoldirilib, olib ketilmagani uchun aqdimiz botil aqd boʻladimi???

Alloh sizga baraka ato etsin va sizning qoʻllaringiz bilan fathlar bersin.

Javob juda zarur boʻlgani bois, mumkin boʻlsa, tezroq javob bersangiz. Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.

Savdo-sotiqda tovarni qoʻlga olib, uni olib ketish shart qilingan. Ammo bu vazni tortiladigan, oʻlchanadigan va sanogʻi sanaladigan narsalarga nisbatandir. Masalan, mato yoki guruch kabi oziq-ovqat mahsulotlari yoxud tarvuz, banan kabi sanab sotib olinadigan narsalar kabi. Bunday metrlab sotiladigan mato yoki sanab sotiladigan tarvuz yoxud tortib olinadigan narsalar… bularning barchasini savdo qilganda ularni joyidan koʻchirish kerak. Shuningdek, sotuvchiga nisbatan olganda, tovar uning mulkiga aylanishi va sota olishi uchun uni ushlagan va doʻkoniga joylagan boʻlishi kerak. Shuning uchun sotuvchi oʻzining mulki boʻlmagan tovarni, yaʼni doʻkoniga joylanmagan tovarni sotmogʻi durust emas. Rosululloh ﷺ

“مَنْ ابْتَاعَ طَعَامًا فَلَا يَبِعْهُ حَتَّى يَسْتَوْفِيَهُ”

“Kim taom xarid qilsa, to uni joyidan olib ketmagunicha sotmasin”. (Imom Buxoriy rivoyati). Imom Muslim Ibn Umardan rivoyat qiladi:

“وَكُنَّا نَشْتَرِي الطَّعَامَ مِنْ الرُّكْبَانِ جِزَافًا فَنَهَانَا رَسُولُ اللَّهِ ﷺ أَنْ نَبِيعَهُ حَتَّى نَنْقُلَهُ مِنْ مَكَانِهِ”

“Biz karvondan ulgurjasiga taom sotib olgan edik, Rosululloh ﷺ uni to oʻrnidan koʻchirib olib ketmagunimizcha sotishdan qaytardilar”. Imom Muslim Nabiy ﷺdan rivoyat qiladiki, ul zot bunday dedilar:

“مَنْ ابْتَاعَ طَعَامًا فَلَا يَبِعْهُ حَتَّى يَكْتَالَهُ”

“Kim taom xarid qilsa, to uni tortib koʻrmagunicha sotmasin”. Hakim ibn Hizomdan rivoyat qilinadi: Rosululloh ﷺga, yo Rosululloh, men savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullanaman, ulardan qaysinisi halolu, qaysinisi harom, deb soʻragandim

“فَإِذَا اشْتَرَيْتَ بَيْعًا فَلَا تَبِعْهُ حَتَّى تَقْبِضَهُ”

“Biror narsa sotmoqchi boʻlsangiz, to uni qoʻlga kiritib, olib ketmaguningizcha sotmang” dedilar. (Imom Ahmad rivoyati). Zayd ibn Sobitdan rivoyat qilinadi: “Rosululloh ﷺ tovarlar sotish uchun sotib olinganda tujjorlar ularni oʻz karvonlariga olib ketmaguncha sotishdan qaytardilar”. (Abu Dovud rivoyati). Imom Ahmad oʻzining “Musnad”ida Ibn Umardan ushbuni rivoyat qiladi: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“مَنْ اشْتَرَى طَعَامًا بِكَيْلٍ أَوْ وَزْنٍ فَلَا يَبِيعُهُ حَتَّى يَقْبِضَهُ”

“Kim vaznini oʻlchab yoki tortib taom sotib olgan boʻlsa, to uni qoʻliga olmaguncha sotmasin”.

Ushbu hadislar matnida vaznini tortish va oʻlchash ochiq aytilgan hamda umumiy tarzda taom, deb kelgan. Taom albatta vaznini tortish va oʻlchash, sanogʻini sanash holatida boʻladi. Gohida esa, masalan, baʼzi turdagi mevalar kabi sanab sotiladi… Shunga koʻra, qoʻlga olib, uni olib ketish sharti – vazni tortiladigan, oʻlchanadigan va sanogʻi sanaladigan taomlarga taalluqli shartdir.

Ammo vazni tortiladigan, oʻlchanadigan va sanogʻi sanaladigan narsalardan boshqa narsalarga esa, qoʻlga olib, uni olib ketish shart qilinmaydi. Masalan, hovli-joy, yer, hayvon va shunga oʻxshash narsalar kabi. Hovli-joy bilan yerga buning shart qilinmaganligi, ularning koʻchirib olib ketib boʻlmaydigan narsa boʻlgani uchundir. Hayvonga shart qilinmaganiga kelsak, bu haqda nusus bor: Imom Buxoriy Ibn Umardan rivoyat qiladi: “Umarning minilmagan tuyasi bor edi. Nabiy ﷺ “Uni menga soting”, dedilar. Umar “sotdim-oling”, degan edi, ul zot sotib oldilar. Keyin “Bu sizga, ey Abdulloh, uni nima qilsangiz, oʻzingizga”, dedilar. Bu hadisda Rosululloh ﷺ Umardan tuyani sotib olganlari va uni qoʻlga kiritmasdan turib, Umarning oʻgʻli Abdullohga sotganlari aytiladi.

Imom Muslim ham oʻzining “Sahih”ida Omirdan rivoyat qiladi: Menga Jobir ibn Abdulloh hadis rivoyat qilib ushbuni aytgandi: “u oʻzining tuyasida ketayotgandi, tuyasi charchab-toʻxtab qolibdi. Uni tashlab ketmoqchi boʻlib turgan ekan. Jobir aytadi: shunda Nabiy ﷺ yetib kelib, meni duo qildilar va tuyamni bir urgandilar, yurib ketdi. Ilgari yurganidan ham boshqacha shaxd bilan yurib ketdi. Ul zot “Uni menga bir uvqiyaga¹ soting”, degandilar – yoʻq, dedim. Yana “Uni menga soting”, dedilar, keyin uni bir uvqiyaga sotdim. Ammo bolasini ahlimga olib qoldim. Yetib kelganimdan soʻng ul zotga tuyani olib borgandim, uni pulini toʻladilar. Men qaytib ketganimdan soʻng esa, meni izimga qaytardilar va “Meni tuyangizni olish uchun yana savdolashadi, deb oʻylayapsizmi. Tuya ham, dirhamlar ham sizga, oling”, dedilar”. Ushbu hadisda Rosululloh ﷺ Jobirning tuyasini sotib oldilar va uni oʻzi bilan olib ketmadilar, Jobir tuyani minib, uyiga yetib oldi, soʻng Rosululloh uni oʻziga sovgʻa qildilar.

Shunga koʻra, hayvonlar hamda odatda vazni tortilib, oʻlchanib va sanogʻi sanalib sotilmaydigan narsalar savdosida qoʻlga olib, uni olib ketish shart qilinmaydi.

Men men rojih sanagan narsa shuki, siz soʻragan duradgorlik stanogi savdosi ham hayvon savdosi kabi boʻladi va qoʻlga olib, uni olib ketish yaʼni oʻrnidan koʻchirib olib ketish shart qilinmagan holda savdo qilinadi.

Boshqacha ibora bilan aytganda, stanokni xaridor uyiga olib ketganmi yoki u turgan yerni ijaraga olib, oʻsha yerda qoldirganmi, farqsiz, stanok savdosi toʻgʻri boʻlgan.

Demak, sizlar qilgan savdo toʻgʻri boʻlgan. Alloh sizga ham, sotib olgan kishiga ham stanok savdoingizda baraka ato etsin.

Men rojih sanaganim shu, vallohu aʼlam va ahkam.

(¹ Uvqiya: 37.44 grammga teng ogʻirlik oʻlchovi)

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

22 jumodul-avval 1439h

8 fevral 2018m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.